Isroilning G‘azo janubiga qarshi uyushtirgan havo hujumi oqibatida falastinlik besh kishi, jumladan, ikki nafar yosh bola halok bo‘ldi.
Sog‘liqni saqlash manbalari Anado‘lu agentligiga bergan bayonotida qamal ostidagi G‘azo janubida Isroilning havo hujumlari yuzasidam falastinlik besh kishi halok bo‘lganini bildirdi.
Manbalarga ko‘ra chorshanba, yani kecha, 3 – dekabr kuni Xon Yunusda o‘z uy - joyidan mahrum qilingan yoki ko‘chirilgan tinch aholi jon saqlayotgan chodirlarni nishonga olgan hujumlarda halok bo‘lganlar orasida ikki nafar yosh bola ham bor edi.
Hujumlar Binyamin Netanyaxuning Rafohda, falastinlik jangchilar bilan kelib chiqqan to‘qnashuvlarda tan jarohati olgan isroillik askarlarning o‘chi olinishi haqidagi gaplari ortidan qayd etildi.
Ochiq - oydin urush jinoyati
Isroil armiyasi hujumlarda, Rafohda, oliy darajali Hamas rasmiylaridan birini nishonga olganini iddao etdi.
Isroil OAVning xabar berishicha Rafohdagi yer osti tunnelarida qochib chiqa olmay qolgan taxminan 200 nafar Hamas jangchisi bor. Tel - Aviv esa o‘rtamchilar orqali Hamas tomonidan nomi tilga olingan shaxslarning tashkilot nazoratidagi hududlarga xavfsiz ravishda o‘tishiga ruxsat berish haqidagi talablarga hali hanuz javob bermagan.
Hamas Xon Yunusdagi Isroil hujumlarini «ochiq - oydin urush jinoyati, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga hurmatsizlik va Isroilning o‘z majburiyatlaridan qochish urinishlari» sifatida qoraladi.
Tashkilot keskinlik oqibatlari uchun to‘liq Isroilni mas’ul deb topdi va o‘rtamchilar bilan kafil davlatlarga Netanyaxu va uning hukumatini jinoyatga qo‘l urushni to‘xtatish va kelishuvga amal qilishga majburlashga chaqirdi.
Hamas avvalroq Rafohda chorasiz qolgan jangchilar bilan hech qanday aloqasi yo‘qligi va ulardan bexabar ekanini ifoda etib, shunchaki, joriy yilning 10 - oktabri kuni kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga to‘liq amal qilishni talab qilgandi.
Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azoda uyushtirgan hujumlari oqibatida ko‘pchiligi ayollar va yosh bolalardan iborat 70 ming nafardan ortiq falastinlik umriga zomin bo‘ldi.
Isroil mintaqaning yirik qismini vayronaga aylantirdi va barcha aholini o‘z uy - joyidan mahrum qildi.











