Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterrish bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi. Prezident Erdo‘g‘an vakolat muddati yakunlanishiga yaqinlashayotgan Guterrish bilan global tinchlik va xavfsizlikka daxldor ko‘plab masalalarda yaqindan hamkorlik qilganliklarini ta’kidladi.
Erdo‘g‘on Isroilning G‘azoda tinchlik o‘rnashini istamayotgani yana bir bor ayon bo‘lgani, G‘arbiy Sohildagi ko‘chmanchilar terrori hamda Quddusdagi muqaddas maskanlarga qarshi uyushtirilayotgan hujumlar vaziyatni yanada og‘irlashtirayotgani, ikki davlat asosidagi yechim imkoniyatini saqlab qolish zarurligini bildirdi.
Prezident Erdo‘g‘an Eron va Ukrainadagi keskinlikni pasaytirish zarurligi, Turkiya sifatida diplomatik jarayonga sodiq qolishga harakat qilayotganliklari, Ho‘rmuz masalasida mintaqaning o‘zidan kelib chiqadigan jarayon foydali bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.
Erdo‘g‘an Qora dengizdagi kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlash uchun tomonlardan mas’uliyatli munosabat bildirishlarini kutayotganliklari, Turkiya Qora dengizda savdo kemalarining nishonga olinayotganidan xavotirda ekanini ta’kidladi.
Prezident Erdo‘g‘an uchrashuvda Kipr orolida Kipr turk xalqining mustaqil tengligi va teng xalqaro maqomini tan olmaydigan hech qanday taklif natija bermasligini bildirdi.
BMT Bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Prezident Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasining 81 - sessiyasiga bag‘ishlab tayyorlangan esdalik daftariga ham imzo chekdi.
Prezident Erdo‘g‘an Qatar Amiri Tamim bin Hamad al - Soniy bilan ham uchrashdi.
Turkiya – Qatar ikki tomonlama munosabatlari, shuningdek, mintaqaviy va global masalalar muhokama qilingan uchrashuvda Prezident Erdo‘g‘an Turkiya va Qatar sifatida ikki tomonlama munosabatlarni investitsiyalar, savdo, energetika va mudofaa sanoati, xususan, barcha sohalarda yanada yuqori bosqichga olib chiqish uchun ishlarni davom ettirishlarini bildirdi.
Mintaqada energiya ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan voqealar barchaga qiyinchilik tug‘dirayotganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an energetika va transport koridorlari sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdi.
Prezident Erdo‘g‘an Isroil G‘azoda tinchlik yo‘lida qadam tashlashdan bosh tortishda davom etayotganiga e’tibor qaratib, mintaqadagi Isroil tajovuzkorligini jilovlash uchun xalqaro hamjamiyatning kuchli bosim o‘tkazishi muhimligini ta’kidladi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Senegal Prezidenti Bassirou Diomaye Faye, Polsha Prezidenti Karol Navrotskiy, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Andy Bernham, Yaponiya Bosh vaziri Takayichi Sanae va Bangladesh Bosh vaziri Tariq Rahmon bilan ham alohida - alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvlarda ham ikki tomonlama munosabatlar bilan bir qatorda xalqaro masalalar kun tartibidan o‘rin oldi.























