DUNYO
1 daqiqa o'qish
Yaman armiyasi: “1164 ta amaliyotda 558 nafar husiy jangarisi zararsizlantirildi”
Yaman armiyasi: “1164 ta amaliyotda 558 nafar husiy jangarisi zararsizlantirildi”
Yaman armiyasi: “1164 ta amaliyotda 558 nafar husiy jangarisi zararsizlantirildi”
(ARXIV) Yaman armiyasi: "558 nafar husiy zararsizlantirildi"

Yaman armiyasi so‘nggi 24 soatda husiylarga qarshi 1164 ta amaliyot o‘tkazilib, ularning 558 nafar a’zosi zararsizlantirilganini ma’lum qildi.

Armiyaning yozma bayonotida “Yaman tongi” amaliyoti doirasida husiylarga qarshi olib borilayotgan harbiy harakatlar haqida ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, so‘nggi 24 soatda husiylar joylashgan hududlar, ularning transport vositalari va pozitsiyalariga qarshi 1164 ta aniq nishonga yo‘naltirilgan amaliyot o‘tkazildi. Natijada 558 nafar husiy jangarisi zararsizlantirildi.

Mamlakat janubidagi Marib va Taiz viloyatlarida husiylarning ko‘plab pozitsiyalari egallanishi natijasida katta miqdordagi og‘ir qurol-yarog‘ va harbiy jihozlar qo‘lga kiritildi.

Yamanda 5-oktabr kuni boshlangan “Yaman tongi” harbiy amaliyoti davom etmoqda.