TURKIYA
3 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an JSSTning Yevropa mukofotiga sazovor deb topildi
Erdo‘g‘an, Turkiyaning falastinliklarga bergan insonparvarlik yordami uchun JSSTning Yevropa mukofotiga sazovor deb topildi.
Erdo‘g‘an JSSTning Yevropa mukofotiga sazovor deb topildi
_

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an falastinliklarga yordam berish sa’y - harakatlari va G‘azodan tibbiy maqsadlarda yo‘lga qo‘yilayotgan evakuatsiyalarni qulaylashtirishdagi roli uchun Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mukofotiga sazovor deb topildi.

Mukofot chorshanba kuni (26.11.2025) poytaxt Anqarada bo‘lib o‘tgan 11 - Turk Tibbiyot olamining qurultoyida JSST - ning Yevropa mintaqasi bo‘yicha direktori Hans Kluge tomonidan topshirildi.

Marosimda nutq so‘zlagan Erdogan songgi ikki yil davomida Gazodagi shifoxonalarning vayron qilinishi, bemorlar, tibbiy xodimlar va chaqaloqlarning o‘ldirilishi oldidagi xalqaro hamjamiyatning jimjirtligini keskin tanqid qildi.

Erdo‘g‘an mavzu haqiday: «G‘azoda ikki yil davomida shifoxonalarning bombardimon qilinishi, bemorlar, tibbiy xodimlar, bolalar, hattoki inkubatordagi begunoh chaqaloqlarning qatl etilishini tomosha qilgan dunyodan bunday dunyoga o‘tish hech shubhasiz oson bo‘lmaydi», - dedi.

Uning ta’kidlashicha, insoniyat bir inson hayotini saqlab qolish quvonchini birgalikda his qila boshlaganida, bu dunyoga sog‘ - salomat kelgan har bir go‘dakning baxtini o‘z baxti deb bilganida, dunyo go‘yoki jannatga aylanishi mumkin.

Prezident: «Biz aynan shuning uchun xizmat qilmoqdamiz», - dedi.

Erdo‘g‘an Turkiya so‘nggi 23 yil ichida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan yangilab, uni keng, sifatli va aholining barcha qatlamlariga yetib boradigan tizimga aylantirganini qayd etdi. Prezidentning aytishicha, Turkiya bugungi kunda 86 million nafar aholiga birinchi darajali tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda va buni 1,47 million nafardan ziyod tibbiyot xodimi yordamida amalga oshirmoqda.

Innovatsion va real sa’y - harakatlar

Prezident Erdo‘g‘an 2002 - yildan buyon sog‘liqni saqlash sohasidagi ishchi kuchi 288 foizga oshgani, so‘nggi 1,5 yil ichida esa 57 ming nafardan ortiq shifokor hamda jami qariyb 100 ming nafar yangi xodim ishga qabul qilinganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra davlat shifoxonalarining 80 foizi yangilangan yoki qayta qurilgan. Yangi qurilgan 794 ta yangi shifoxonaning yotoq soni 173 mingtaga yetkazilgan. Shuningdek, 2002 - yili 7 mingtani tashkil etgan xususiy o‘rinlar soni 122 mingtaga chiqarilgan va umumiy o‘rinlar soni esa 164 mingdan 271 mingtaga ko‘tarilgan.

Prezident yer silkinishidan salbiy ta’sir ko‘rgan viloyatlarda qayta tiklash jarayoni davom etayotganiga ham e’tibor qaratgan holda 5 ming 100 o‘ringa ega 109 ta tibbiy maskan foydalanishga topshirilgani va mamlakatning 11 viloyatidagi 23 ming 733 ta o‘rin soni 27 ming 503 o‘ringa chiqarilganini ma’lum qildi.

Ilmiy tadqiqotlar, dori - darmon hamda tibbiy asbob - uskunalar ishlab chiqarish sohasida ham taraqqiyot zarurligini alohida qayd etgan Prezident Erdo‘g‘an, mavzu haqida:

«Ham ichkarida, ham tashqarida turli to‘siqlarga duch kelyapmiz ammo qiyinchiliklarni mudofaa sanoatida yengib o‘tishga muvaffaq bo‘ldik. Shunday ekan Allox nasib qilsa uni mahalliy dori - darmon va tibbiy uskunalar ishlab chiqarishda ham uddalaymiz», - dedi.

Erdo‘g‘an Turkiyaning Sog‘liqni saqlashdagi maqsadlarini ilgari suruvchi barcha innovatsion va real tashabbuslarni qo‘llab - quvvatlashda qat’iy ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Rasmiy izohlar

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Burhaneddin Duran turk ijtimoiy tarmog‘i NSosyal orqali Prezident Erdo‘g‘an sazovor deb topilgan mukofot haqida gapirdi. Duran o‘z so‘zida: «Mazkur mukofat ayni vaqtda Turkiyaning, Prezidentimiz ko‘z qarashi asosida shakllangan insonparvarlik diplomatiyasi tushunchasining tasdiqi», - ekanini bildirdi.

Duran shuningdek: «G‘azodagi og‘ir vaziyatga qaramay insonparvarlik yordamining davom etayotgani; tibbiy evakuatsiyalar xavfsiz ravishda amalga oshirilayotgani va mazlumlarning ovozi eshittirilayotgani Hurmatli Prezidentimizning shaxsiy e’tibori, irodasi va yetakchiligi yordamida amalga oshmoqda. Falastin masalasidagi insoniy sezgirlikning uzoq yillardan beri barqaror davom etib kelayotgani ham mintaqa ham da xalqaro maydonda kuchli ravishda aks etmoqda», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 

Boxabar bo'ling!
Prezident Erdo‘g‘an Chanoqqal'a shahidlarini yodga oldi
Turkiya Isroilning urush harakatlariga qaramay ehtiyotkor optimizmni saqlamoqda
Tashqi ishlar vaziri Fidan YeI Komissiyasi rahbarining bayonotini "afsuslanarli" deb atadi
Prezidentlik 7-xalqaro yaxta poygalarida milliy suverenitet kubogi boshlandi
Turkiya Isroilni Al-Aqso masjidida qonunbuzarliklarga yo'l qo'yganlikda aybladi
Erdo'g'an: Bolalar urush va zulmning badalini to‘lamasligi kerak
Turkiya va Birlashgan Qirollik strategik sheriklikni chuqurlashtirish uchun shartnoma imzoladi
Turkiya yangi ijtimoiy tarmoq qoidalarini joriy qildi
Erdo‘g‘an: Mintaqada davom etayotgan urushlar Yevropani zaiflashtira boshladi
Erdo‘g‘an Anqara sammiti oldidan NATO tarkibini kuchli ittifoqqa chaqirdi
Tashqi ishlar vaziri Fidan payshanba kuni Buyuk Britaniyaga ikki kunlik rasmiy tashrif bilan boradi
NATO Bosh kotibi Turkiya mudofaa sanoatini olqishladi
Turkiya bilan Yangi Zelandiya o‘zaro aloqalarni mustahkamlamoqchi
Turkiya Iroqda turkman hokim tayin qilinishini xursandchilik bilan qarshi oldi
Fidan: ADF global liderlarni mehmon qilar ekan Turkiya diplomatik rolini kengaytirmoqda
Emine Erdo‘g‘an «Falastin uchun bir yurak» panelida ishtirok etdi
Erdo‘g‘an Sloveniya, Komor orollari va DKR rahbarlarini qabul qildi
Hakan Fidan: "Diplomatiya mintaqadagi olovni yoyilmasdan oʻchirish irodasidir"
Erdo’gʻan: Eronga nisbatan noqonuniy hujumlar mintaqada xavfsizlik xatarlarini oshirdi
Hakan Fidan AQSH-Eron kelishuvi masalasida hamkasblari bilan muzokara oʻtkazdi