Erkaklar oʻrtasidagi Yevropa voleybol chempionatidagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
Turk milliy jamoasi Kluj shahridagi “BT Arena” majmuasida boʻlib oʻtgan "D" guruhi uchrashuvida setlarni 25-23, 25-19 va 25-19 hisoblari bilan oʻz foydasiga hal etdi.
Oʻyinning ochilish seti oʻta keskin va shiddatli kurashga boy boʻldi. Turkiya dastlab ustunlikni qoʻlga kiritgan edi, biroq Shveytsariya oʻyinga qayta oldi va soʻnggi pallada uch ochkoga oldinga oʻtib ketdi. Shunga qaramay, Turkiya hisobni 21:21 koʻrinishiga keltirib, muvozanatni tikladi va oxirgi daqiqalardagi xatolardan qochgan holda, birinchi setni 25:23 hisobida oʻziniki qildi.
Ikkinchi setni Turkiya ancha kuchliroq boshladi va ketma-ket toʻrtta ochkoni qoʻlga kiritib, 13:9 hisobida ustunlik oʻrnatdi. Set davomida ham nazoratni toʻliq saqlab qolgan turk voleybolchilari farqni besh ochkoga oshirib, hisobni 20:15ga yetkazishdi va yakunda setni 25:19 hisobida yutib, umumiy hisobda 2:0 oldinga chiqib olishdi.
Uchinchi setda ham Turkiya oʻz tezligini pasaytirmadi va oʻyin boshidayoq 8:3 hisobi bilan oldinga oʻtib oldi. Shveytsariya bunga javoban farqni 15:12gacha qisqartirishga erishdi, lekin Turkiya darhol ketma-ket uch ochko bilan javob qaytardi va Jafer Kirkitning shiddatli zarbasi ularni 20:15 hisobiga olib chiqdi. Turk jamoasi ushbu setni ham 25:19 hisobida yakunlab, roppa-rosa 87 daqiqa davom etgan bahsda toʻliq uch setli gʻalabani taʼminladi.
Bu natija "D" guruhidagi dastlabki ikki oʻyinda Germaniya va Fransiyaga imkoniyatni boy bergan Turkiyaga turnirdagi birinchi gʻalabasini taqdim etdi. Shveytsariya esa musobaqadagi ketma-ket uchinchi magʻlubiyatini qabul qilib oldi.
Turkiya terma jamoasi bugun, dushanba kuni GMT vaqti bilan soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da) mezbon Ruminiya bilan guruhdagi toʻrtinchi oʻyinini oʻtkazadi.


















