Falastin qarshilik harakati Hamas bugun AQSh Davlat departamenti tomonidan falastinliklarga ziyon yetkazish va G‘azodagi otashksim qoidalarini paymol qilish bilan ayblagan bayonotlarini rad etdi.
Hamas Telegram orqali mavzu haqida bergan bayonotida: «Bu yolg‘on ayblovlar Isroilning chalg‘ituvchi propagandasiga toʻliq mos keladi va (Isroil) ishg‘olining xalqimizga qarshi davom etayotgan jinoyatlari hamda hujumlariga xizmat qiladi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Guruh, Isroil armiyasini Gʻazodagi tinch aholini nishonga olgan vahshiylikka qo‘l urgan jinoyat to‘dalarini qurollantirish va moliyaviy jihatdan yordam berishda aybladi.








