Kim Chen In hukmron partiya qurultoyida hujum salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan keyingi bosqich rejalari e'lon qilinishini ma'lum qildi.
Shimoliy Koreya ulkan kalibrli ko'p lulali raketa tizimining sinov otishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirilganini tasdiqladi. Lider Kim Chen In mamlakatning yadroviy tiyib turish va hujum qudratini yana-da oshirishga va'da berdi.
Davlat axborot agentligi KCNA'ning chorshanba kuni bildirishicha, sinov seshanba kuni Shimoliy Koreya Raketa Boshqarmasi tomonidan yangi texnologiyalar bilan modernizatsiya qilingan otish tizimining samaradorligini tasdiqlash maqsadida o'tkazildi. Otishlarni yuqori darajali amaldarlar hamrohligida shaxsan Kim Chen In nazorat qildi.
KCNA'ga ko'ra, sinov davomida otilgan 4 raketa otish maydonidan taxminan 358 kilometr uzoqlikdagi dengiz nishonini aniq urdi.
"Katta Ahamiyat Kasb Etadi"
Qilingan yangilashlar tizimning zarba berish kuchini eng yuqori darajaga olib chiqqanini ta'kidlagan Kim, sinovning Shimoliy Koreyaning strategik tiyib turish salohiyatini oshirish jihatidan "katta ahamiyat" kasb etishini aytib o'tdi.
Kim, "Kamida bir necha yil davomida boshqa hech bir mamlakatning bu texnologiyaga erisha olmasligidan yoki bu imkoniyatga ega bo'la olmasligidan aminman," dedi va qo'shimcha qildi: "Bu natijalar Pxenyan bilan harbiy to'qnashuv payida bo'lgan kuchlar uchun jiddiy tahdid paydo qiladi."
Shuningdek, Koreya Mehnat Partiyasining yaqinlashib kelayotgan Qurultoyida mamlakatning yadroviy urushni tiyib turish salohiyatini yana-da kuchaytirish uchun tashlanadigan keyingi qadamlarning belgilanishini va ishonchli hujum qobiliyatlarini rivojlantirishni davom ettirish partiyaning asosiy siyosatlaridan biri ekanligini ta'kidladi.
Xabar Yaponiya va Janubiy Koreyaning seshanba kuni Shimoliy Koreyaning Sharqiy dengizga tomon 2 balistik raketa otganini e'lon qilishining ortidan keldi. Bu sinov Pxenyan rejimining bu oy amalga oshirgan 2-raketa uchirishi sifatida qayd etildi.
Shimoliy Koreyaning kengayib borayotgan qurol sinovlari Koreya yarim orolidagi keskinlikni kuchaytirishda davom etar ekan, AQSh va ittifoqchilarining e'tiroziga sabab bo'lmoqda.















