NATO Parlamentlar assambleyasi sammitida ishtirok etayotgan parlament raislari seshanba kuni Istanbuldagi «Baykar» kompaniyasining Ozdemir Bayraktar nomidagi Milliy texnologiya markaziga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush mezbonligida, kelasi haftada Anqarada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti arafasida tashkil etildi.
Dushanba kuni Dolmabahche saroyida bo‘lib o‘tgan sammitdan so‘ng, Numan Kurtulmush ittifoqchi davlatlar parlamentlari raislari va yuqori martabali vakillar hamrohligida markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida «Baykar» boshqaruvi raisi Selchuk Bayraktar delegatsiya a’zolariga kompaniyaning mudofaa texnologiyalari sohasidagi yutuqlari va amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar haqida taqdimot o‘tkazdi.
Shuningdek, Numan Kurtulmush Turkiyaning «Milliy texnologiya tashabbusi» va mahalliy zarbdor dronlar dasturining asoschilaridan biri, marhum Ozdemir Bayraktarning turmush o‘rtog‘i hamda «Baykar» kompaniyasi raisi va bosh texnologiya direktori Selchuk Bayraktarning onasi Canan Bayraktar bilan uchrashdi.
Ushbu tashrif 7–8 iyul kunlari Anqarada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti oldidan muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur sammit rasmiy dasturiga ilk bor mudofaa sanoati forumi ham kiritilgan.














