Afg‘onistonlik rasmiylar Pokiston tomonidan Qobul va ayrim chegara viloyatlariga qarshi yangi hujumlar uyushtirgani, oqibati poytaxtda to‘rt kishi umriga zomin bo‘lganini ma’lum qildi.
Qobul politsiyasi Matbuot xizmati kotibi Xalil Zadran, Afg‘oniston poytaxtidagi uylarga qarshi uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lganlardan tashqari o‘n besh kishi tan jarohati olganini qayd etdi.
Shaxsi haqida ma’lumot berishni istamagan Pokiston xavfsizlik organi rasmiylaridan biri, kechasi bilan Pokiston tomonidan hujumlar uyushtirilgani va Pokiston Toliboni jangarilar guruhi a’zolari nishonga olinganini bildirdi.
Islomobod o‘tgan oyda qo‘shni Afg‘oniston tomon havo orqali hujumlar uyushtirgani va ushbu amaliyotda Pokiston ichidagi hujumlar ortishi bilan jangarilar faoliyati nishonga olinganini ifoda etgandi.
Qobulda Tolibon boshchiligidagi hukumat o‘sha hujumlarda ishtirok etganligi haqidagi iddaolarni rad etdi.
Tolibon hukumatining Matbuot xizmati kotibi Zabihulloh Mujohid, Pokiston hujumlari janubdagi Qandahor viloyatiga ham zarbalar bergani va Pokiston chegarasidagi sharqiy viloyatlardan Paktia va Paktikani ham nishonga olganini bildirdi.
Pokiston amaliyotlari terrorchi guruhlarni nishonga olganini ta’kidlab, tinch aholini o‘ldirmaganini ma’lum qildi.
So‘nggi haftalarda Afg‘oniston bilan Pokiston Qurolli kuchlari chegara bo‘ylab to‘qnasha boshladi. Natijada savdoni buzib, chegara yaqinida yashovchi aholi turar - joylarini tark etishga majbur qildi.
BMTning Afg‘onistondagi missiyasi (UNAMA) 26 - fevraldan 5 - martgacha bo‘lgan Pokiston harbiy amaliyotlarida 56 nafar fuqaro, jumladan 24 nafar bola halok bo‘lganini bildirdi.
BMTning muhojirlarga yordam berish agentligi (UNHCR) esa to‘qnashuvlar oqibatida taxminan 115,000 kishi yashash joyini tark etganini ma’lum qildi.












