IQTISODIYOT
1 daqiqa o'qish
Turkiyada qayta tiklanuvchi energiya ulushi 62,6 foizga yetdi
Turkiyaning elektr energiyasi bo‘yicha umumiy o‘rnatilgan quvvati o‘sishda davom etib, may oyida 125 ming 598 megavattga yetdi.
Turkiyada qayta tiklanuvchi energiya ulushi 62,6 foizga yetdi
_

Turkiyaning elektr energiyasi bo‘yicha o‘rnatilgan quvvati may oyi oxiriga kelib 125 ming 598 megavattga yetdi.

Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vazirligining Butunjahon qayta tiklanuvchi energiya kuni munosabati bilan e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra o‘rnatilgan quvvatning 78 ming 561 megavattlik qismi, ya’ni 62,6 foizi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan iborat bo‘ldi.

Turkiyaning elektr energiyasi bo‘yicha umumiy o‘rnatilgan quvvati o‘sishda davom etib, may oyida 125 ming 598 megavattga yetdi. O‘rnatilgan quvvat tarkibida mahalliy energiya manbalarining ulushi esa 71,8 foizni tashkil etdi.

May oyi oxiri holatiga ko‘ra, elektr energiyasi quvvatining manbalar bo‘yicha taqsimotida gidroelektr stansiyalar 25,8 foizlik ulush bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ro‘yhatning undan keyingi qatorlarida quyosh energiyasi — 21,4%; tabiiy gaz — 20%; shamol energiyasi — 12%; mahalliy ko‘mir — 9,2%; import qilingan ko‘mir — 8,3%; biomassa — 1,9%; geotermal energiya — 1,4% bilan joy oldi.

May oyi oxiriga kelib quyosh va shamol energetikasi quvvatlarining umumiy hajmi 42 ming 21 megavattga yetib, jami o‘rnatilgan quvvatning 33,4 foizini tashkil etdi.

Shu tariqa, Turkiyaning umumiy elektr quvvatining uchdan biridan ko‘prog‘i faqat shamol va quyosh energiyasi hisobiga ta’minlanadigan bo‘ldi.

Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar ushbu ko‘rsatkichlarga izoh berar ekan, Turkiya energiya salohiyatini qayta tiklanuvchi manbalar orqali kengaytirishda davom etayotganini ta’kidladi.