TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi
Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi.
Bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi
_

O‘zdemir Go‘ktash bolalarga qaratilgan ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish doirasida bolalarning jismoniy, aqliy, rivojlanish, ruhiy, ijtimoiy va hissiy kamolotini himoya qiladigan raqamli ekotizimni yaratish yo‘lida muhim bosqichdan o‘tganliklarini bildirdi.

May oyida Turkiya Buyuk Millat Majlisida qonun sifatida qabul qilingan tartibga solishga oid nizom Rasmiy gazetada e’lon qilinganini ta’kidlagan Go‘ktash: “15 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoq xizmatlari ko‘rsatilmaydi, 15–18 yosh oralig‘idagi bolalarga esa maxsus va xavfsiz xizmatlar taqdim etiladi”, - dedi.

Mazkur tartibga solish mahalliy va xorijiy barcha ijtimoiy tarmoq xizmatlari provayderlarini qamrab olishini qayd etgan Go‘ktash, asosiy maqsad bolalarni raqamli dunyo xavflaridan himoya qilish ekanini ta’kidladi. Ijtimoiy tarmoq provayderlaridan bolalarni himoya qiluvchi tizimlarni joriy etish kutilayotganini bildirgan Go‘ktash quyidagilarni ifoda etdi:

“Bu jarayonda bolaning yoshi va uning eng ustuvor manfaatlari asos qilib olinadi. Maqsadimiz bolalarning rivojlanishini himoya qilish bilan birga, ularga nisbatan zo‘ravonlik va ekspluatatsiya xavfining oldini olishdir. Shu doirada bolalarning akkauntlari hammaga ochiq bo‘la olmaydi, jonli efir va shaxsiylashtirilgan reklama funksiyalari taqdim etilmaydi. Bolalar faqat o‘zlari kuzatib boradigan akkauntlardan xabar olishlari mumkin bo‘ladi, ularning obunachilar ro‘yxatini esa boshqalar ko‘ra olmaydi. Yangi akkaunt ochishda e-Devlet orqali yosh tasdiqlanadi. Bu jarayonda shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlar emas, faqat yosh toifasi taqdim etiladi va shaxsiy ma’lumotlar himoya qilinadi”.

Yoshni tasdiqlash jarayonlarini yakunlash uchun oxirgi muddat — 2027-yil 31-mart

Nizom 1 - noyabrdan kuchga kirishini ma’lum qilgan Go‘ktash, ijtimoiy tarmoq xizmatlari provayderlari mavjud akkauntlar bo‘yicha yoshni tasdiqlash jarayonlarini yakunlashlari uchun oxirgi muddat 2027 - yilning 31 - marti ekanini bildirdi.

Go‘ktash ota - onalar farzandlarining akkauntlari, ulardan foydalanish vaqti hamda pulli amallarini nazorat qila olishlarini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu orqali oilalarning farzandlari raqamli dunyoda amalga oshirayotgan faoliyatni kuzatishi va ularni internetdagi xavflardan himoya qilishi qo‘llab - quvvatlanadi

Boxabar bo'ling!
Turkiyaning ilk suzuvchi ishlab chiqarish platformasi Moviy Vatanga yo‘l olmoqda
Turkiyaning mudofaa sanoati eksporti 10 milliard dollardan oshdi
“Turkiya–Armaniston munosabatlarining normallashuvi yanada mustahkam aloqalar uchun yo‘l ochmoqda”
Turkiya Mudofaa vazirligi: AQSh CAATSA sanksiyalarini bekor qilishi kerak
Fidan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashining 7-sammitida nutq so‘zladi
Hakan Fidan Ozarbayjon prezidenti tomonidan qabul qilindi
SANA: “Reyhanli terakti bo‘yicha ayblanuvchi terrorchi Suriyada qochishga uringan paytda ushlandi”
Fidan Bokuda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashining 7-sammitida qatnashdi
Turkiya TIV rahbari Hakan Fidan Ozarbayjonga tashrif buyurdi
Hakan Fidan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitida ishtirok etadi
Erdo'g'an Shiroka Pulani Kosovo Prezidenti etib saylangani munosabati bilan tabrikladi
Erdo'g'an: Turkiya Saudiya Arabistonini qoʻllab-quvvatlaydi
Belgiya va Turkiya sanoat hamda investitsiya sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqchi
Turkiyaning BMTdagi vakili Yildiz: Suriya qiyinchiliklarga qaramay olg‘a siljimoqda
Prezident Erdo‘g‘an Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng bayonot berdi
Duran Isroil mudofaa vaziri Katsning bayonotlariga munosabat bildirdi
ASELSAN dronlarga qarshi kurashuvchi GOKALP tizimini taqdim etdi
Turkiya 15 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqladi
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Yevropa Ittifoqini tanqid qildi
MIT rahbari Kalin Suriya tashqi ishlar vaziri Shayboniy bilan uchrashdi