TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya Isroilga keskin munosabat bildirdi
Turkiya, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anni nishonga olgan bayonoti uchun Isroilga keskin munosabat bildirdi.
Turkiya Isroilga keskin munosabat bildirdi
_

Tashqi Ishlar vazirligi Isroil Tashqi Ishlar vazirligining Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anni nishonga olgan bayonotiga munosabat bildirdi.

Vazirlik bayonotida quyidagi ifodalarga o‘rin berildi:

“Isroil Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda Hurmatli Prezidentimizni nishonga olgan yolg‘on va tuhmatlar Bosh vazir Netanyaxu boshchiligidagi Isroil hukumati tarkibida faoliyat yuritayotgan jinoyatchilarning qo‘rqoqligi va buzuq tafakkurini aks ettiradi.

G‘azoda genotsid uyushtirib, butun Isroil xalqini bir umrga uyaltirgan, shuningdek, zamonaviy Yaqin Sharq tarixida misli ko‘rilmagan darajadagi ekspansionistik siyosat yuritib, mintaqaviy va global beqarorlikning asosiy sababchisiga aylangan Netanyaxu va uning jinoyat tarmog‘iga taqdim etilgan har qanday darajadagi daxlsizlik huquqiy va siyosiy jihatdan barham topmoqda.

Goebbelsning targ‘ibot mashinasiga o‘xshash tarzda faoliyat yuritayotgan Isroil idoralarining urinishlari endi yetarli emas. Xalqaro hamjamiyat esa Netanyaxu hukumatining yolg‘onlariga ishonmayapti.

Turkiya Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida Netanyaxu davrida sodir etilgan jinoyatlarga qarshi halol va qat’iy pozitsiyani namoyon etdi. Bundan keyin ham haqiqatni himoya qilishda va uni ochiqchasiga aytishda davom etamiz”.