Binyamin Netanyaxu bu oy davomida AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishini bildirgan holda AQSh prezidentining G‘azo bo‘yicha tuzgan rejasining ikkinchi bosqichi yaqinlashayotganiga e’tibor qaratdi.
U yakshanba kuni (07.12.2025) Germaniya kansleri Friedrich Merz bilan bo‘lib o‘tgan mushtarak matbuot anjumanida so‘zlagan nuqtida, uchrashuvda tinchlik uchun mumkin bo‘lgan imkoniyatlar bilan Falastin qarshilik harakati Hamasning mintaqadagi boshqaruvini to‘xtatish masalalari muhokama qilinishini bildirdi.
Trampning Falastin hududidagi ikki yillik urushni to‘xtatishga qaratilgan rejasining keyingi bosqichlari bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Reja, shuningdek, isroillik mahbuslarning ozod etilishi va G‘azoda xalqaro tinchlik kengashi tomonidan nazorat qilinuvchi; xalqaro xavfsizlik kuchlari tomonidan esa qo‘llab - quvvatluvchi vaqtinchalik texnokrat hisoblangan Falastin hukumati tashkil etilishi masalasini ham o‘z ichiga oladi.
Netanyaxu oktabr oyining oxirlarida G‘azodagi amaliyotlarning ikkinchi bosqichi qanday amalga oshirilishi borasida muhim muzokaralar olib borishini ma’lum qilgandi. Netanyaxu bu haqida: «Oy oxirida ikkinchi bosqichni qanday amalga oshirishni ta’minlash uchun juda muhim muzokaralar o‘tkazaman», - dedi.
U, shuningdek, Tramp rejasining birinchi bosqichi deyarli yakunlanish arafasida ekaniga e’tibor qaratdi.
Isroilning vahshiyliklari 10 - oktabrda kuchga kirgan G‘azodagi otashkesim yoki o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvi bilan kamaydi ammo butunlay to‘xtamadi.
Otashkesim boshlaganidan beri guruh falastinlik qariyb 2 ming nafar mahbus va tutqun evaziga 20 nafar tirik mahbus bilan 27 nafar halok bo‘lgan mahbus jasadini qaytardi. Mahbuslardan birining jasadi esa haligacha G‘azoda.
Hamas ilgari Isroil armiyasining bosqini to‘xtashi sharti bilan G‘azodagi qurollarini mintaqani boshqaradigan Falastin hokimiyatiga topshirishga tayyor ekanini bildirgan edi.












