G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
G‘azoda qurbonlar soni 73 ming nafardan oshdi
Isroil tomonidan 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida jami qurbonlar soni 73 ming 386 nafarga yetdi.
G‘azoda qurbonlar soni 73 ming nafardan oshdi
_

Gazo Sogliqni Saqlash vazirligi bayonotida Isroilning 2023 - yil oktabr oyidan buyon davom etayotgan hujumlari oqibatida qayd etilgan qurbonlar boyicha songgi ma’lumotlar e’lon qilindi.

Sunga kjo‘ra oxirgi 24 soat ichida Gazodagi shifoxonalarga 2 kishining jasadi va 8 nafar yarador olib kelingani qayd etildi. Marhumlardan biri yangi hujumda, ikkinchisi esa avvalgi hujumlarda halok bo‘lgan va uning jasadi vayronalar ostidan endigina chiqarilgan.

G‘azoda sulh 2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirganidan buyon Isroil hujumlarida 1 ming 258 kishi halok bo‘lgani, 4 ming 139 kishi yaralangani, vayronalar ostidan esa 807 kishining jasadi chiqarilgani bildirildi.

Shuningdek, Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida jami qurbonlar soni 73 ming 386 nafarga, yaradorlar soni esa 174 ming 250 nafarga yetgani ma’lum qilindi.

G‘azo sektorida vayronalar ostida haligacha minglab marhumning jasadi qolayotgani aytilmoqda.