Turk Qizil Yarim Oy jamiyati Bosniya va Gersegovinadagi ehtiyojmand kishilar uchun Turkiyadan yuborilgan qariyb 9,5 tonna qishki gumanitar yordam yuklarini tarqatishni boshladi.
Adyol, to‘shak va isitish jihozlaridan iborat yordam yuklarining bir qismi mamlakat bo‘ylab ehtiyojmand oilalarga yetkazib beriladi.
Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasining (IFRC) Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa delegatsiyasi rahbari hamda Turk Qizil Yarim Oy jamiyatining Xalqaro ishlar va migratsiya xizmatlari bosh direktori Alper Kuchuk Bosniya va Gersegovinada migratsiya masalasida Turk Qizil Yarim Oy va Turkiya ko‘rsatayotgan yordam birinchi marta emasligini ta’kidlab: "2019-yildan buyon ushbu lagerlarga ehtiyoj sezilgan, yordam so‘ralgan har bir nuqtada Turk Qizil Yarim Oy jamiyati ko‘makka keldi", dedi.
“Qariyb 9,5 tonna qishki yordamimiz yetib keldi”
Turk Qizil Yarim Oy jamiyatining Bosniya va Gersegovinadagi delegatsiyasi rahbari doktor Ubeyd Sakin ham xalq va xayriyachilarning mehr-saxovat qo‘lini dunyoning to‘rt burchagiga uzatishda davom etayotganliklarini bildirdi.
Sakin shunday dedi: "Turkiyadan qariyb 9,5 tonna qishki yordam yuklarimiz yetib keldi. Ularni Bosniya va Gersegovina bo‘ylab tarqatamiz. Bugun esa uning bir qismini Sarayevoning Blajuy dahasidagi ehtiyojmandlarga yetkazib bermoqdamiz."























