TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi
Prezident Erdo'g'an, Cherkes surgunining 161 yilligi munosabati bilan qurbonlarning oilalariga ta'ziya izhor etib, voqeani adolatsizlik va g'ayriinsoniy deb atadi.
Erdo‘g‘an Cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi
"En el aniversario del exilio injusto, ilegal e inhumano de nuestros hermanos circasianos de su patria en el Cáucaso, pido la misericordia de Dios para quienes perdieron la vida", señaló el presidente Erdogan. / AA

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, 19 - asr tarixining eng qora sahifalaridan biri sifatida qabul qilingan cherkeslarning Kafkasdan surgun qilinishining 161 yilligi munosabati bilan ijtimoiy tarmoq orqali post qoldirdi.

Erdo‘g‘an chorshanba kuni «X» platformasi orqali: «Cherkes birodarlarimizning Kafkasdagi vatanlaridan adolatsiz, qonunsiz va g‘ayriinsoniy tarzda surgun qilinishining 161 – yilligida, voqeada halok bo‘lganlarga Olloxdan rahmat tilaymiz. Ular chekkan azob – uqubatlarni chin qalbimizdan his qilganimizni ifoda etishni istayman», - dedi.

Kecha, 21 - may cherkes surgunining 161 – yilligi edi. Bu fojiali voqea rus - cherkes urushining tugashi ortidan qayd etildi.

Yuz minglab cherkes, rus imperiyasi buyruqlari asosida Shimoliy Kafkasdan majburiy ravishda chiqarib yuborildi va dunyoning turli joylariga surgun qilindi. Zo‘ravonlik va g‘ayriinsoniy sharoitlarda amalga oshirilgan va ommaviy o‘limlarga yo‘l ochgan bu surgun 19 - asrning eng yirik etnik tozalash harakatlaridan biri sifatida qabul qilinmoqda.

Cherkes surguni, 1864 - yili rus - cherkes urushi ortidan rus imperiyasi tomonidan cherkeslarning Shimoliy Kafkasdagi ota - bobo tuproqlaridan majburiy ravishda ko‘chirib yuborilishi haqidagi voqealarini o‘z ichiga oladi.

Bu davrda kamida 800 ming nafar, eng ko‘p 1,5 million nafar cherkes o‘z uy - joyidan ko‘chirildi va ularning ko‘pchiligi O‘smonli imperiyasi chegarasidan panoh topdi. Uzoq yurushlar, haddan tashqari gavjum kemalar, ochlik va kasalliklar yuz bergan bu surgunlar o‘n minglab insanning o‘limiga ham yo‘l ochdi.

Bugun etnik kelib chiqishi jihatidan cherkes bo‘lgan insonlarning ko‘pi Turkiya, Suriya, Iordaniya va Yaqin Sharqning boshqa hududlarida umr surmoqda. Bu fojiа har yili 21 – may kuni dunyodagi barcha cherkeslar tomonidan yodga olinmoqda.

 

 

Boxabar bo'ling!
Erdo‘g‘an: Suriyada tinchlik va barqarorlik tiklanmoqda
Erdo‘g‘an Aliyevni Ozarbayjon mustaqilligining 35 - yilligi bilan tabrikladi
Erdo‘g‘an Rumen Radevni COP31 sammitiga taklif qildi
Mark Karni rasmiy tashrif bilan bugun Turkiyaga keladi
Bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi
Prezident Erdo‘g‘an: “Mamlakatimizni atrofimizdagi mojarolardan uzoq tutdik”
Turkiya Kanadadagi harbiy bazada yuz bergan portlash munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Turkiyaning Bakudagi elchixonasi Hakan Fidanga qarshi ayblovlarni rad etdi
Prezident Erdo‘g‘an: Bugun energetika tariximizda yangi sahifa ochmoqdamiz
Turkiyaning ilk suzuvchi ishlab chiqarish platformasi Moviy Vatanga yo‘l olmoqda
Turkiyaning mudofaa sanoati eksporti 10 milliard dollardan oshdi
“Turkiya–Armaniston munosabatlarining normallashuvi yanada mustahkam aloqalar uchun yo‘l ochmoqda”
Turkiya Mudofaa vazirligi: AQSh CAATSA sanksiyalarini bekor qilishi kerak
Fidan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashining 7-sammitida nutq so‘zladi
Hakan Fidan Ozarbayjon prezidenti tomonidan qabul qilindi
SANA: “Reyhanli terakti bo‘yicha ayblanuvchi terrorchi Suriyada qochishga uringan paytda ushlandi”
Fidan Bokuda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashining 7-sammitida qatnashdi
Turkiya TIV rahbari Hakan Fidan Ozarbayjonga tashrif buyurdi
Hakan Fidan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitida ishtirok etadi
Erdo'g'an Shiroka Pulani Kosovo Prezidenti etib saylangani munosabati bilan tabrikladi