TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni va Misrga rasmiy tashrif uyushtirmoqda
Prezident Erdo‘g‘an bugun Saudiya Arabistoniga, ertaga esa Misrga rasmiy tashrif uyushtirmoqda.
Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni va Misrga rasmiy tashrif uyushtirmoqda
_
16 соат олдин

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bu hafta oliy darajali diplomatik safarga chiqadi Shu doirada seshanba kuni Saudiya Arabistoni, chorshanba kuni esa Misrga rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan ma’lumot berildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Prezident Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni poytaxti Riyodda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va mintaqaviy barqarorlikni muhokama qilish uchun Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan uchrashadi. Unda, Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida tobora chuqurlashib borayotgan hamkorlik hamda mintaqaviy va global masalalarni muhokama qilishi qayd etildi.

Rasmiy tashrif yuqorida ham aytib o‘tilganidek chorshanba kuni Qohirada davom etadi va u yerda Prezident Erdo‘g‘an bilan Prezident Abdulfattoh as - Sisiy Turkiya - Misr Oliy darajali Strategik hamkorlik kengashiga raislik qiladi.

Prezident Erdo‘g‘an Misrga bo‘lgan tashrifi chog‘ida as - Sisiy bilan Falastindagi inqiroz hamda mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatlar ustidan ham fikr almashadi.