Poytaxt Anqaraning Murted harbiy - havo bazasida oxirgi harbiy samolyot halokatida hayotdan ko‘z yumgan turk askarlarini so‘nggi manzilga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Turk Harbiy - havo kuchlariga tegishli C - 130 rusumidagi samolyot 11 - noyabr kuni Ozarbayjon – Gruziya chegarasiga yaqin hududda qulab tushgan va bortdagi 20 nafar harbiy xizmatchining barchasi halok bo‘lgandi.
Marosimda shahidlarga hurmat bajo keltirilib, Qur’on tilovat qilindi. Ortidan, duolar o‘qildi.
Askarlarning shaxsiy ma’lumotlari e’lon qilingach, ularning tanalari o‘zlari - tug‘ilib o‘sgan shahar - qishloqlarga yuborish uchun harbiy samolyotlarga yuklandi.
Marosimda Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmuş, Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler, Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur O‘zdemir Go‘ktash, parlament a’zolari, Turkiya Qurolli kuchlarining yuqori martabali qo‘mondonlari, Ankara gubernatori Vasip Shahin, Ozarbayjon Harbiy - havo kuchlari qo‘mondoni general - mayor Namig Islamzade, Ozarbayjonning Anqaradagi elchisi Reshad Mammadov va shahidlarning oilalari ishtirok etdilar.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ham shahidlarning oilalariga ta’ziya izhor etib, chuqur qayg‘u bilan hamdardlik bildirdi. Eng muhimi shahidlar ruhiga duolar qildi.



























