DUNYO
2 daqiqa o'qish
Yevropa Ittifoqi bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklamoqchi
Yevropa Komissiyasi rahbari e'lon qildi: Ijtimoiy tarmoqlar 13 yoshgacha bo'lganlar uchun taqiqlangan, 15 yoshgacha bo'lganlar uchun esa shaxsiy hisoblar ochish taqiqlangan.
Yevropa Ittifoqi bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklamoqchi
Fon der Lyayen ijtimoiy tarmoqlarning bolalarga ta’siri, jumladan, uyqusizlik, xavotir va bulling borasidagi xavotirlarni tilga oldi.

Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyen chorshanba kuni bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklash rejasini e'lon qildi. U Yevropa Ittifoqi bolalarni onlayn muhitdagi zararli ta'sirlardan himoya qilishga qaratilgan yangi "Kids Act" (Bolalar to'g'risidagi qonun) loyihasini taqdim etishini bildirdi.

Yevropa parlamentida so'zga chiqqan fon der Leyen komissiya payshanba kuni mazkur qonunni muhokamaga kiritishini aytib, bolalarning yoshiga qarab tabaqalashtirilgan himoya choralari joriy etilishini ma'lum qildi.

"13 yoshgacha bo'lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi. 15 yoshgacha esa shaxsiy akkaunt ochish taqiqlanadi," dedi u.

Taklif etilayotgan yondashuvga ko'ra, 13 dan 15 yoshgacha bo'lgan o'smirlar faqat ota-onalari yoki vasiylari tomonidan ochilgan va nazorat qilinadigan cheklangan "mini akkaunt"lardan foydalanishlari mumkin bo'ladi. Bunday akkauntlarning funksiyalari cheklangan bo'lib, kunlik foydalanish vaqti bir soatdan oshmasligi lozim.

15 dan 18 yoshgacha bo'lganlar uchun esa ijtimoiy tarmoqlar "xavfsiz dizayn" choralarini majburiy ravishda joriy etishi talab qilinadi, dedi u.

Qaramlik keltirib chiqaruvchi raqamli dizayn

Fon der Leyen ushbu tashabbus ijtimoiy tarmoqlar va qaramlik uyg'otuvchi raqamli dizaynning bolalar ruhiyatiga ko'rsatayotgan salbiy ta'siri haqidagi xavotirlardan kelib chiqqanini ta'kidladi. U buning ortidan uyqu buzilishi, xavotir (bezovtalik), kamsitish (tahqirlash) va o'ziga zarar yetkazish kabi og'ir oqibatlar kelib chiqishini qayd etdi.

U shuningdek, Yevropa Ittifoqi mas'uliyatni texnologiya platformalarining o'ziga yuklashni maqsad qilganini aytdi:

"Biz isbotlash majburiyatini o'zgartiryapmiz. Endi platformalar o'zlarining xavfsiz ekanini bizga isbotlashi shart," dedi fon der Leyen va qo'shimcha qildi: "Gap faqat voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishida emas, balki platformalarning bolalarga qanday sharoitda ta'sir o'tkazishidadir."

"Yevropa harakat qilish qudratiga ega. Qoidalarni biz belgilaymiz, texnologiya emas," dedi u.

Fon der Leyenning ta'kidlashicha, YIning yondashuvi faqat voyaga yetmaganlar bilan cheklanib qolmaydi, chunki qaramlik keltirib chiqaruvchi raqamli dizayn kattalarga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. U Yevropa komissiyasi kuz oylarida yanada kengroq qamrovli "Raqamli adolat akti"ni taklif qilishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

Boxabar bo'ling!
Pokistonda politsiyachilarga qurolli hujum uyushtirildi
Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida kiberhujumlar kuchaydi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaga qarshi 44 ta raketa orqali hujum uyushtirdi
AQSh Ukrainaga mudofaa sohasida 2,1 milliard dollarlik ehtimoliy savdoni ma’qulladi
Tramp AQShdagi oraliq saylovlar oldidan so‘nggi mitinglarini bekor qildi
Rossiya - Ukraina hujumlarida ikki kishi halok bo‘ldi
Tramp saylovdagi firibgarlik haqida xabar berganlarga 1 million dollar to‘lanishini e’lon qildi
Yevroparlamentning 60 deputati YIni Isroilga qarshi sanksiyalar uchun yig‘ilishga chaqirdi
Arab koalitsiyasi: “Husiylar Saudiya Arabistoniga uchirgan 3 ta raketa va 4 ta dron yo‘q qilindi”
Turkiya, Saudiya Arabistoni, Pokiston va Eron yig‘ilishining yakuniy bayonoti e’lon qilindi
Rossiya Ukrainaning Xerson yo‘nalishida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatdi
Qatar amiri Ol Soniy O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev bilan uchrashdi
Eron: “Makka ittifoqiga a’zo davlatlarning yuqori martabali vakillari Tehronga tashrif buyuradi”
Isroilning G'azzada Falastinliklarning chodirlariga uyushtirgan hujumida biri bola 3 kishi halok bo'ldi
PKKning Sinjardagi bo‘linmasi qurolsizlanib, Iroq armiyasiga qo‘shiladi
Rossiya: Ukrainada logistika markazlari va quruq yuk kemasiga zarba berdik
Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida IHT hujumlari avj oldi
Rossiya: Ukrainada port va harakatlanayotgan quruq yuk kemasiga zarba berdik
Eronda suv toshqini oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya chegarasiga 960 mingta mina o‘rnatgani da’vo qilindi