NATO Bosh kotibi Mark Ryutte, Ittifoqning mudofaa sanoati Turkiyadan ko'p narsa o'rganishi mumkinligini aytib, Turkiya "mudofaa sanoati inqilobi"ni boshidan kechirganini bildirdi. Turkiyaning yetakchi mudofaa sanoati korxonalaridan biri bo'lgan "Aselsan"ning bosh qarorgohida nutq so'zlagan Ryutte, bu tarmoq Turkiyaning so'nggi yillardagi tezkor rivojlanishidan ko'p narsani o'zlashtirayotganini aytdi.
Ryutte: "Yaxshiroq ishlashimiz, ko'proq harakat qilishimiz kerak va Turkiyaning bu yerda amalga oshirgan ishlaridan ko'p narsa o'rganishimiz mumkin. Avval ham aytganimdek, Turkiya mudofaa sanoati inqilobini amalga oshirdi", deb qo'shimcha qildi.
NATO Bosh kotibi safar doirasida, Prezident Rejep Toyyib Erdo’g'an bilan uchrashadi. Erdog'an shu oy boshida Ryutte bilan telefon orqali muloqot qilgan va ikki tomon, mintaqaviy va global o'zgarishlar bilan birga Ittifoqqa aloqador masalalarni muhokama qilgan edi.
Erdo’g'an, AQSH-Isroilning Eronga qarshi olib borayotgan urushi bilan bog'liq ravishda kuchayayotgan keskinliklar beqarorlikni chuqurlashtirish xavfi bo'yicha ogohlantirib, xalqaro hamjamiyatni urushni to'xtatish uchun harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi. Erdo’g'an muloqot davomida, NATOning Turkiya havo mudofaasiga berayotgan yordamining ostiga chizdi va so'nggi vaqtdagi birdamlik Ittifoqning to'xtatib qolish qobiliyatini ko'rsatganini aytdi.
NATO 28-fevraldan beri davom etayotgan AQSH/Isroil-Eron to'qnashuvlari paytida Turkiya havo hududiga kirgan ballistik o'qlarni to'xtatib, zararsizlantirdi va Ittifoqning tezkor muvofiqlashtirish qobiliyatini namoyish etdi.
















