TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasi kelasi hafta Istanbulda o‘tkaziladi
Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasi - dunyoning eng yirik mudofaa tadbirlaridan biri hisoblanadi.
Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasi kelasi hafta Istanbulda o‘tkaziladi
_

Dunyoning eng yirik mudofaa tadbirlaridan biri bolgan Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasi keyingi hafta Istanbulda o‘z ishini boshlaydi.

Joriy yilning 22 - iyulidan boshlanadigan olti kunlik tadbir Turkiya Respublikasi Prezidenti huzurida, Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi, Mudofaa Sanoati yetakchiligi va Qurolli Kuchlar fondi bilan muvofiqlashtirilgan holda tashkil etiladi.

Yarmarkaning 17 ‑ nashri Istanbul Korgazma markazi, Ataturk aeroporti, WOW mehmonxonasi va Atakoy marinasida bir vaqtda otkaziladi.

Unda zirhli jangovar texnikalar, taktikal zirhli transport vositalari, quruqlik, havo va dengiz uchun insonsiz havo transportlari, qurol tizimlari, raketalar, uzoq masofali tanklarga qarshi raketa tizimlari, piyoda qurollari, harbiy simulyatorlar, elektron urush yechimlari, quvvat guruhlari (generatorlar) hamda portlovchi qurilmalarni aniqlash va zararsizlantirish uskunalari namoyish etiladi.

Yarmarkaga katta auditoriya kelishi kutilmoqda va koplab shartnomalarni imzolash marosimlari otkazilishi rejalashtirilgan.

Oldingi yarmarka 2023 - yilning iyul oyida yana Istanbulda otkazilgan edi.