Rossiya Prezidentining Kreml saroyidagi Tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy qo‘ng‘iroq qilgan taqdirda, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin uning qo‘ng‘irog‘iga javob berishini ifoda etib: «Putin hech qachon muzokaralardan voz kechmadi»,- dedi.
Ushakov Rossiyaning «Rossiya» telekanaliga Ukraina inqirozini hal etish masalasi yuzasidan bayonot berdi.
Ukraina masalasi ustidan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) poytaxti Abu - Dabida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uch tomonli muzokaralarda Yevropa vakillarining ishtirok etishi ehtimoliga munosabat bildirgan Ushakov: «Amerikaliklar bilan ishchi darajada aloqalarimiz bor. Shu bois muzokaralarning dastlabki bosqichlarini uch tomonlama formatda o‘tkazish mantiqan to‘g‘ri», - dedi.
Ukraina Prezidenti Zelenskiy Rossiya Davlat rahbari Putin bilan Moskvada uchrashishi mumkinligini bildirgan Ushakov: «U turli kanallar orqali ishora yubormoqda. Agar uchrashishni shunchalik istayotgan bo‘lsa, marhamat, kelsin», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Yuriy Ushakov «Zelenskiy qo‘ng‘iroq qilsa, Putin telefonga javob beradimi?» - degan savolga esa: «Menimcha, Putin javob beradi. Putin hech qachon muzokaralardan voz kechmagan», - deb javob berdi.






















