TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Mark Karni rasmiy tashrif bilan bugun Turkiyaga keladi
Mark Karni Prezident Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 22–23-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi.
Mark Karni rasmiy tashrif bilan bugun Turkiyaga keladi
_

Kanada Bosh vaziri Mark Karni rasmiy tashrif bilan bugun Turkiyaga keladi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Burhanettin Duran ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilishicha, Kanada Bosh vaziri Mark Karni Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 22–23-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi.

Duran ushbu tashrif tarixiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish rejalashtirilayotganini bildirdi.

U oʻz soʻzida quyidagi ifodalarga ham oʻrin berdi: «Tashrif doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda Turkiya bilan Kanada o‘rtasidagi hamkorlik barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi, munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qadamlar muhokama qilinadi. Shuningdek, dolzarb mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashiladi. Tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlikning turli sohalariga oid bir qator bitimlarni imzolash ham rejalashtirilgan».