SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Tramp elchilarning Pokistonga bo‘lgan sayohatlarini bekor qildi
Tramp, AQSh maxsus vakili Stiv Vitkoff va maslahatchisi Jared Kushnerning eronlik rasmiylar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Pokistonga rejalashtirilgan safarlarini bekor qildi.
Tramp elchilarning Pokistonga bo‘lgan sayohatlarini bekor qildi
_

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Tramp, shanba kungi (25.04.2026) matbuot xabarlariga ko‘ra AQSh maxsus vakili Stiv Vitkoff va maslahatchisi Jared Kushnerning eronlik rasmiylar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Pokistonga rejalashtirilgan safarlarini bekor qilganini ma’lum qildi.

Tramp, Fox News nashriga bergan intervyusida, nomi tilga olingan safar uchishdan biroz oldin to‘xtatilganini bildirdi.

Tramp mavzu haqida gapirar ekan Stiv Vitkoff bilan maslahatchisi Jared Kushnerga: «Hozirgina odamlarimga aytdim, ular yo‘lga chiqishga tayyorlanayotgan edilar. Yo‘q, siz u yerga borish uchun 18 soat uchib o‘tirmaysiz. Barcha imkoniyatlar bizning qo‘limizda. Ular istagan payt bizga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin lekin endi u yerda o‘tirib biron nima gaplashish uchun 18 soat yo‘l yurishingiz shart emas» - deganini ma’lum qildi.

Telefon orqali Axios nashriga alohida bergan intervyusida Tramp, ularni yuborishning ma’nosi yo‘qligini va muzokaralarni masofadan turib ham xuddi shunday samarali olib borish mumkinligini ta’kidladi.

Tramp: «Buni telefon orqali ham xuddi shunday amalga oshirishimiz mumkin. Eronliklar xohlasa, bizga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin faqat u yerda o‘tirish uchun safar qilmaymiz» - dedi.

Axios nashrining bu qaror urushni qayta boshlab - boshlamasligidan dalolat berib - bermasligi haqidagi savoliga Tramp: «Yo‘q, bu unday ma’noda emas. Biz buni hali o‘ylab ham ko‘rmadik» - deb javob berdi.

Muzokaralarning birinchi bosqichi ikki hafta oldin Islomobodda o‘tkazildi biroq 28 - fevralda boshlangan va butun Yaqin Sharqqa yoyilgan mojaroni yakunlaydigan kelishuvga erishilmadi. Ushbu uchrashuvlar Pokistonning 8 - aprel kuni ikki haftalik sulhga vositachilik qilishi ortidan o‘tkazilgan bo‘lib, keyinchalik sulh yoki otashkesim Tramp tomonidan uzaytirildi.

Eron esa o‘z kuzatuvlarini Pokistonga yetkazishini bildirgan holda, AQSh bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri muzokaralarda qatnashishni rad etdi.

Kelishmovchilik nuqtalaridan ayrimlari sifatida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi, AQShning Eron portlariga qo‘llagan blokadasi va Eronning boyitilgan uran zaxirasi masalalari ko‘rsatilmoqda.