Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi Falastin Davlati tashkil topishining 38 - yilligi munosabati bilan e’lon qilgan bayonotida, Turkiya Falastin xalqi duch kelayotgan adolatsizlik va zulmga qarshi turishda davom etishini bildirdi.
Vazirlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilingan tabrik xabarida Falastin Davlati tashkil topishining 38 - yilligi munosabati bilan quyidagi so‘zlar qayd etildi:
«Do‘st va qardosh Falastin Davlati tashkil topishining 38 - yilligi muborak bo‘lsin!»
Bayonotda, shuningdek, Turkiya Falastin xalqi duch kelayotgan har qanday adolatsizlik va zulmga qarshi turishda davom etishi ta’kidlagan holda:
«1967 - yilgi chegaralar asosida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan, mustaqil va hududiy yaxlitlikka ega Falastin davlatini barpo etish bizning o‘zgarmas maqsadimizdir», - degan ifodalarga o‘rin berdi.























