SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Sharaa: Isroil tinchlik bitimi uchun 8 - dekabrdan oldingi chegaraga qaytishi kerak
Suriya Prezidenti Ahmad al - Sharaa, Isroil yakuniy tinchlik bitimi uchun 8 - dekabrdan oldingi chegara chizig‘iga qaytishi kerakligini qayd etdi.
Sharaa: Isroil tinchlik bitimi uchun 8 - dekabrdan oldingi chegaraga qaytishi kerak
_
13 ноябр 2025

Suriya Prezidenti Ahmad al - Sharaa, Suriya va Isroil ortasida yakuniy tinchlik bitimini imzolash uchun Isroil 8 - dekabrga qadar bolgan chegaralariga qaytishi kerakligini ta’kidladi. Sharaa, Suriyaning mazkur pozitsiyasini AQSh va bir necha xalqaro hamkorlar qollab - quvvatlashiga ham alohida etibor qaratdi.

Sharaa The Washington Post nashriga bergan intervyusida seshanba kuni (11.11.2025) Damashq bilan Tel - Aviv ortasida togridan - togri muzokaralar olib borilayotgani va kelishuvga erishish yo‘lida ancha siljish borligini ifoda etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy bitimga erishish uchun Isroil 8 - dekabrdan avvalgi chegaralariga qaytishi shart.

Sharaa shu bilan birga Vashington bilan bir nechta xalqaro tomon Suriya pozitsiyasini qollab - quvvatlayotganini qayd etib, AQSh Prezidenti Donald Tramp ham “bizning ko‘z qarashimizni ma’qullab, yechim topish uchun imkon qadar tezroq harakat qilinishi lozimligini ifoda etdi”, - dedi.

Suriya rahbari Isroilning yoyiluvchi siyosatini tanqid qilib, 8 - dekabrdan beri Suriya hududlariga mingdan ortiq havo hujumi uyushtirilgani; o‘sha kuni esa mamlakatni deyarli 25 yil boshqargan Bashar al - Asad Rossiyaga qochib ketgani va ortidan Baas partiyasi boshqaruvi yakun topganini ma’lum qildi.

Sharaa so‘zlari davomida: “Suriyani qayta tiklash niyatimiz borligi uchun, nomi tilga olingan hujumlarga javob bermadik”, - dedi.

Suriya Prezidenti Sharaaning bu sozlari dushanba kuni (10.11.2025) Oq uydagi Tramp bilan bo‘lib o‘tgan tarixiy uchrashuv ortidan qayd etildi.