Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi (UNRWA) payshanba kuni bergan bayonotida, G‘azoda 650 ming nafardan ortiq yosh bola ketma - ket uchinchi yil ta’limdan mahrum bo‘lganini qayd etdi.
UNRWA «X» platformasi orqali bergan bayonotida: «G‘azodagi bolalar ketma - ket shu bilan uchinchi yil maktabga bora olmayapdi. Taxminan 660 ming nafar o‘g‘il va qiz bolalarning maktabga qaytishi nafaqat ta’lim, balki chuqur jarohatlarni davolash degan ma’noni ham anglatadi», - dedi.
UNRWA G‘azodagi eng yirik insonparvarlik yordam tashkilot sifatida bu bolalarni qo‘llab -quvvatlashga tayyor ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.
UNRWA - ning tashqi aloqalar bo‘yicha direktori Tamara Alrifai: «UNRWA - ning eng asosiy vazifasi bolalarning ta’lim olishini, o‘qishni davom ettirishidir», - dedi.
Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan beri davom etayotgan hujumlari falastinlik 68 ming nafarga yaqin inson umriga zomin bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat ekani aniqlanar ekan, G‘azoni ham deyarli yashashga yaroqsiz holga keltirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) maʼlumotlariga koʻra bu hujumlar Gʻazodagi maktab binolarining 97 foizini qisman yoki toʻliq vayron qilgan.
O‘tgan hafta Isroil bilan Hamas AQSh Prezidenti Donald Tramp taqdim etgan reja asosida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Rejaning birinchi bosqichi mahbuslarni almashish masalasini o‘z ichiga oladi. Rejada, shuningdek, G‘azoni qayta qurish va Hamas ishtirokisiz yangi boshqaruv organi tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan.

















