G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
G‘arbiy Sohilda falastinlik yana to‘rt kishi o‘ldirildi
Isroil, ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda falastinlik yana to‘rt kishi umriga zomin bo‘ldi.
G‘arbiy Sohilda falastinlik yana to‘rt kishi o‘ldirildi
_
7 соат олдин

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi yakshanba kuni ishg‘ol ostidagi G'arbiy Sohilning shimolida Isroil askarlari falastinlik bir er - xotin bilan ularning ikki farzandini o‘qqa tutib o‘ldirgani haqida xabar berdi.

Falastin Qizil Yarim oy jamiyati xodimlari, Tammun shahrida Isroil kuchlari o‘t ochgan avtomobildan to‘rt kishining jasadi topilganini bildirdi.

Isroil armiyasi esa AFP nashriga bergan bayonotida, «Hodisa haqidagi xabarlar tekshirilmoqda», - deb javob berdi.

Ramallohda joylashgan Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi mavzu haqidagi bayonotida, Tammunda ishg‘olchi armiya tomonidan o‘q uzilishi oqibatida bir oiladan to‘rt kishi shahid bo‘lgani va ular Tubasdagi Turk davlat shifoxonasiga olib borilganini bildirdi.

Bayonotga ko‘ra shifoxonaga 37 yoshli bir erkak kishi, 35 yoshli bir ayol kishi va ikki nafar yosh bolaning jasadlarini qabul qilgani, barchasining tanasida o‘qdan olgan tan jarohatlari borligini bildirdi.

Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga ko‘ra, juftlikning yana ikki farzandi yakshanba kuni ertalab Isroil kuchlari tomonidan ularning mashinasiga qarshi o‘q uzilishi oqibatida yaralangan.

Falastinlik rasmiylar bilan BMT ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda, asosan noqonuniy isroillik ko‘chmanchilar tomonidan so‘nggi kunlarda uyushtirilgan va o‘limga yo‘l ochgan hujumlar ko‘paygani, mart oyi boshidan beri kamida falastinlik besh kishi halok bo‘lgani haqida aytishmoqda.