TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Cho‘qqisi qor bilan qoplangan Uludag‘ kuz ranglariga burkandi
Sayyohlar go‘yo kuzdan qish fasliga sayohat qilmoqda.
Cho‘qqisi qor bilan qoplangan Uludag‘ kuz ranglariga burkandi
Cho'qqisi qor bilan qoplangan Uludog' kuz ranglariga burkandi

Turkiyaning muhim qishki turizm markazlaridan biri bo‘lgan Uludag‘da kuz ranglari hukmron.

Bursa shahriga qarashli Uludag‘da kuzning sariq, to‘q sariq va jigarrang tuslariga burkangan daraxtlar hamda cho‘qqiga yoqqan qor go‘zal manzaralar hosil qildi.

Shahar markazidan Uludag‘ga chiqish uchun avtomobillarida burilishli yo‘llardan ko‘tarilayotgan sayyohlar go‘yo kuzdan qish fasliga sayohat qilmoqda.

Pastqam hududlardagi kuzning sariq, qizil va jigarrang tuslari balandlikka ko‘tarilgan sari o‘z o‘rnini qorning oq rangiga bo‘shatmoqda.