Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an: «Insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlar, 74 ming nafar g‘azolik birodarimizning qonini to‘kkanlar, Livandan Suriyagacha bo‘lgan hududimizda terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotganlar qonun oldida javob bermaguncha pozitsiyamizni hech qachon o‘zgartirmaymiz, haqni hayqirishda va haqiqatni jasorat bilan aytishda davom etamiz», - dedi.
Prezident Erdo‘g‘an Prezidentlik majmuasida uyushtirilgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan xalqqa murojaat qildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81 - sessiyasida ishtirok etish uchun 20 - sentabr kuni Nyu - Yorkka borganini yodga solgan Erdo‘g‘an, bu yil «Ishonchni qayta tiklash, transformatsiyani boshqarish» mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilishlarning ikkinchi kunida shu bilan o‘n oltinchi marta BMT Bosh Assambleyasiga murojaat qilganini qayd etdi.
Erdo‘g‘an o‘z nutqida «yanada adolatli, vakillik darajasi yuqori, ishonch va farovonlik hukm suradigan yangi tartib» uchun besh banddan iborat takliflarini dunyo bilan bo‘lishganini ta’kidlagan holda Falastin, Rossiya - Ukraina va Eron masalalari bosh bo‘lish bilan birga Turkiya atrofida yuz berayotgan urush va mojarolarni hal etishga doir ko‘z qarashlarini bayon etganini bildirdi.
Isroilning G‘azo va G‘arbiy Sohilda amalga oshirayotgan davlat terrori yana kun tartibining eng yuqori o‘rinlaridan birini egallaganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an o‘z so‘zida shunday dedi:
«Insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlar, 74 ming g‘azolik birodarimizning qonini to‘kkanlar, Livandan Suriyagacha bo‘lgan hududimizda terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotganlar qonun oldida javob bermaguncha, pozitsiyamizni hech qachon o‘zgartirmaymiz, haqni hayqirishda va haqiqatni jasorat bilan aytishda davom etamiz.
Bu yerda yana bir jihatni ham ta’kidlashni lozim deb bilaman. Bugun o‘tmishga nisbatan ancha kuchli Turkiya Respublikasi mavjud. Bugun kelajakka o‘tmishga qaraganda yanada katta umid bilan qaraydigan, atrofidagilarga ishonch bag‘ishlaydigan va do‘stlari ishonch bildiradigan Turkiya Respublikasi bor. Eng muhimi, bugun ichkarida ming yillik birodarlik rishtalarini qayta tiklayotgan, tashqarida esa qo‘shnilari bilan yana quchoqlashayotgan Turkiya Respublikasi mavjud.
Biz katta o‘ylaydigan, katta qadamlar tashlaydigan, katta maqsadlarni belgilab, ularga qat’iyat bilan intiladigan davlatmiz. Allohning izni bilan bu yo‘ldan oxirigacha sabr bilan boramiz».





















