DUNYO
2 daqiqa o'qish
BMT Pokiston bilan Afg‘onistonni dushmanlikni to‘xtatishga chaqirdi
Pokiston bilan Afg‘onistonda o‘nlab inson umriga va yuzlab inson sog‘ligiga zomin bo‘lgan to‘qnashuv ortidan, BMT, yuqorida nomi tilga olingan ikki davlatdan dushmanlikni to‘xtatishga chaqirdi.
BMT Pokiston bilan Afg‘onistonni dushmanlikni to‘xtatishga chaqirdi
BMT, tinch aholini himoya qilish uchun tomonlarni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi (UNAMA) 10 - oktabrdan beri Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda kamida 18 kishi halok bo‘lgani, 360 nafardan ortiq inson tan jarohati olganini ma’lum qildi.

UNAMA payshanba kuni (16.10.2025) mavzu haqida bergan bayonotida: «Tinch aholini himoya qilish uchun tomonlarni harbiy harakatlarni butunlay to‘xtatishga chaqiramiz», - dedi

Bu bayonot har ikki mamlakatda ham o‘nlab insonlarning umriga va sog‘ligiga zomin bo‘lgan va bir necha kun davom etgan janglardan keyin qayd etilgan.

Nomi tilga olingan voqealar, 2021 - yili Tolibonning G‘arb tomonidan qo‘llab - quvvatlangan hukumat qulashidan keyin Afg‘onistondagi hokimiyatni qo‘lga kiritishidan beri qo‘shnilar o‘rtasida yuz bergan eng halokatli inqiroz bo‘ldi.

10 - oktabrdan buyon transchegaraviy zo‘ravonliklar avj olar ekan har bir davlat bir - birining qurolli provokatsiyalariga javob qaytarganini iddao qilmoqda.

Chorshanba kuni tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Bu otashkesim shiddatning al - Qoida kabi guruhlar takror paydo bo‘lishga urinayotgan mintaqani barqarorlashtirish tahdidini tashkil etishi ustidan yirik mintaqaviy kuchlarning chaqirig‘i ortidan keldi.

Kechasi bilan urush bo‘lgani haqida esa hech qanday ma’lumot yo‘q.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi o‘t ochishni to‘xtatishni olqishladi va qurbonlar sonini baholashda davom etayotganini bildirdi. Unda aytilishicha, eng katta yo‘qotishlar chorshanba kuni janubda kuzatilgan.

Pokiston, chegarada tinch aholi qurbonlari haqida hech qanday ma'lumot bermadi.

Pokiston, Afg‘onistonni bir necha bor terrorchilarga boshpana berishda aybladi ammo ayblov Tolibon tomonidan rad etildi. Pokiston 2021 - yildan beri avj olgan hujumlarga qarshi kurashib kelmoqda.

Ikki davlat Afg‘oniston hech qachon tan olmagan Durand chizig‘i sifatida tanilgan 2611 kilometrlik (1622 milya) chegaraga ega.

Boxabar bo'ling!
Qatar, Misr va Iordaniya Eronning arab davlatlariga hujumini qoraladi
Putin: Rossiya Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonmoqda
Amerikalik muhandis Apple kompaniyasiga bosh direktor etib tayinlandi
Nepaldagi suv toshqinlari qurbonlari soni 1130 nafarga yetdi
Ispaniyada issiq tufayli 5 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi
Pokistonda kuchli yomg‘ir: maktablar yopildi
Nepalda suv toshqinlari qurbonlari soni 900 dan oshdi
Isroil G'arbiy Sohilda harbiy bazasini kengaytirish uchun Falastin yerlarini musodara qilmoqda
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Putin, Shi va Pezeshkiyan Qirg‘izistondagi sammitda qatnashadi
Nepalda suv toshqini va ko‘chkilarda 623 kishi halok bo‘ldi, 1 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Si, Putin va Modi Bishkekda uchrashadi: Yevrosiyo yetakchilari SHHT sammiti uchun Qirg‘izistonda
CIA direktori Retkliff Rossiyani Ukraina bilan kelishuvga chaqirdi
G‘azodagi 20 ta uy xarobasidan 233 falastinlikning jasadi chiqarildi
AQSh Prezidenti Tramp: “Rossiya NATO hududiga hujum qilmaydi”
Eron: “Dengiz qamali davom etsa, AQShning iqtisodiy manfaatlariga kuchli zarba beramiz”
Nepal–Tibet suv toshqinlarida 472 kishi halok bo‘ldi, mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Nepalda sel va yer ko‘chkilari:  270 kishi halok bo‘ldi, yuzlab kishi bedarak yo‘qoldi
Netanyahu xalqaro bosimlarga qaramay G‘arbiy Sohildagi noqonuniy aholi punktlarini kengaytiradi