Aloqa boshqarmasi rahbari Burhanettin Duran ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali e’lon qilgan xabarda, Karol Navrotskiy 23–24 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo’lishini ma’lum qildi.
Tashrif doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda Turkiya va Polsha o‘rtasidagi munosabatlar har tomonlama ko‘rib chiqilishi, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan qadamlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, ikki tomonlama aloqalardan tashqari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha ham fikr almashilishi ko‘zda tutilgan.














