IQTISODIYOT
1 daqiqa o'qish
Germaniya yana 15 ta F - 35 xarid qilib olmoqchi
Germaniya mudofaa imkonini orttirish niyatida Lockheed Martin firmasidan yana 15 ta F - 35 xarid qilib olishni rejalashtirmoqda.
Germaniya yana 15 ta F - 35 xarid qilib olmoqchi
_

Germaniya markazi AQShda joylashgan Lockheed Martin firmasidan 15 ta F - 35 qiruvchi samolyoti xarid qilib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Der Spiegel jurnali bugun (20.10.2025) Bundestag moliya qo‘mitasiga taqdim etilgan yashirin byudjet hujjatlariga tayanib xabar berdi.

Taxminiy qiymati 2,5 milliard yevro (2,9 milliard dollar) bo‘lgan bu reja Berlinning eskirgan Tornado samolyotlari parkini, shu jumladan Germaniyada saqlanayotgan AQSh yadroviy bombalarini tashishga qodir bo‘lgan samolyotlarni almashtirish uchun buyurtma berilgan 35 ta F - 35 samolyotiga qo‘shimcha bo‘ladi.

Mudofaa vaziri Boris Pistoriusning bu taklifi, Ukraina urushidan keyin mudofaa xarajatlarining sezilarli darajada oshishi bilan qo‘llab - quvvatlangan Germaniyaning harbiy modernizatsiya sa’y - harakatlarini yana - da chuqurlashtirmoqda.

Yevropaning kechikkan qiruvchi samolyot tashabbusi

Berlin avvalroq qo‘shimcha qiruvchi samolyotlar sotib olish rejalarini rad etgandi ammo rasmiylarning aytishicha, kengaytirilgan byudjet xaridlar uchun ko‘proq joy ochib berdi. Biroq, bu harakat Yevropaning yangi avlod qiruvchi samolyotlari tashabbusi bo‘lgan va to'xtab qolgan Kelajakdagi jangovar havo tizimi (FCAS) loyihasini zaiflashtirish ehtimoli borligi uchun Frantsiya bilan keskinlikni takror paydo qilish xavfini tug'diradi.

Agar ma'qullangudek bo‘lsa unda qo'shimcha F - 35lar Germaniyaning NATO ittifoqchilari, xususan, Qo'shma Shtatlar bilan bo‘lgan o'zaro ish olib borish imkonlarini oshiradi ammo Amerika mudofaa texnologiyasiga bo'lgan qaramliligini battra orttiradi.