SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Tramp AQSh va Saudiya Arabistoni hamkorligini ijobiy tusda baholadi
Donald Tramp Saudiya Arabistonini «NATOga a’zo bo‘lmagan ammo muhim ittifoqchi» sifatida baholadi.
Tramp AQSh va Saudiya Arabistoni hamkorligini ijobiy tusda baholadi
_
19 ноябр 2025

AQSh Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonini «NATOga a’zo bo‘lmagan muhim ittifoqchi» sifatida baholadi.

Tramp seshanba oqshomida Saudiya valiahd shahzodasi bilan o‘tkazilgan kechki ovqat chog‘ida: «Saudiya Arabistoni bilan harbiy hamkorligimizni yana - da mustahkamlayapmiz. Nomi tilga olingan mamlakat NATOga rasmiy ravishda a’zo emas ammo muhim ittifoqchimiz sifatida tan olamiz», - dedi.

Bu bayonot ikki davlat o‘rtasida imzolangan strategik mudofaa kelishuvi ortidan qayd etildi. Saudiya matbuoti bu kelishuvni uzoq muddatli mudofaa hamkorligini mustahkamlaydigan, mintaqadagi tinchlik, xavfsizlik va farovonlikni qo‘llab - quvvatlash borasidagi o‘zaro majburiyatni aks ettiruvchi muhim qadam sifatida baholadi.

Oq uy ma’lumotiga ko‘ra Valiahd shahzodaning Vashingtonga bo‘lgan tashrifi chog‘ida Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasida harbiy bo‘lmagan yadro energetikasi va mudofaa sohalarida ham kelishuvlar imzoladi.

AQSh boshqaruvi ikki tomon harbiy bo‘lmagan yadro energetikasi bo‘yicha «qo‘shma deklaratsiya»ni ma’qullagani, bu esa kelgusi o‘n yilliklarda milliardlab dollarlik hamkorlik uchun huquqiy zamin yaratishini bildirdi. Shuningdek, Oq uy jarayon yadro qurolining tarqalishini cheklash qoidalariga muvofiq amalga oshirilishini ta’kidladi.

Prezident Tramp, shuningdek, F - 35 jangovar samolyotlarini o‘z ichiga olgan qurol - yarog‘ bitimini ham ma’qulladi.