Yevropada Ikkinchi Jahon urushidan keyin yuz bergan eng katta insoniy fojia sifatida tan olingan genotsidda o'ldirilgan va shaxsiyati aniqlangan 10 kishining tanasi uchun janoza namozi o'qiladi.
Janoza namozidan oldin Srebrenitsa Yodgorlik Markazida genotsidning 31 - yilligiga bag'ishlangan yodga olish marosini uyushtiriladi.
Unda xususan Turkiya bilan birga, dunyoning bir qator mamlakatidan oliy darajali davlat vakillari, elchilar, mehmonlar va genotsid qurbonlarining yaqinlari qatnashadi.
Joriy yilgi marosimdan so'ng yodgorlik qabristoniga dafn etilgan qurbonlar soni 6 ming 782 nafarga yetadi.
Srebrenitsada nima bo'ldi?
Srebrenitsaning 1995 - yil 11 - iyulida Ratko Mladich boshchiligidagi serb qo'shinlari tomonidan egallab olinishi ortidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tarkibidagi niderlandiyalik askarlardan panoh izlagan bo'sniyaliklar keyinchalik serblarga topshirildi.
Ayol va bolalarning bo'sniyalik askarlarning nazoratidagi hududga o'tishiga ruxsat bergan serblar kamida 8 ming 372 bo'sniyalik erkakni o'rmonlar, fabrikalar va omborlarda qatl etishdi. Qatl etilgan bo'sniyaliklar ommaviy qabrlarga dafn etildi.
Urushdan keyin yo'qolganlarni topish uchun boshlangan faoliyatlar davomida ommaviy qabrlarda jasadlari topilgan qurbonlarning kim ekani aniqlanishi ortidan har yili 11 - iyulda Potochari deb nomlangan yodgorlik qabristonida o'tkaziladigan marosimda tuproqqa beriladi.




















