Turk rasmiylari, 5 viloyatda uyushtirilgan bir operatsiyada, Eron razvedka xizmati uchun siyosiy va harbiy josuslik qilish bilan ayblangan, biri Eron va 5 nafari Turk fuqarosi bo‘lgan 6 shubhali shaxsning hibsga olinganini ma’lum qildi.
Operatsiya, Istanbul Bosh Prokuraturasining Istanbul Politsiyasi Terrorizmga Qarshi Kurash Bo‘limi va Milliy Razvedka Tashkiloti (MIT) bilan hamkorlik va muvofiqlashtirish ichida amalga oshirildi.
Tergovchilar, dava dosyesiga ko‘ra, shubhalilarning Eron Inqilob Posbonlaridagi razvedka xodimlari bilan bevosita aloqada bo‘lganini aniqladi.
Rasmiylar bu guruhning, Adanadagi strategik ahamiyatga ega Injirlik Havo Bazasi'ning yonida Turk harbiy inshootlari va Turkiya bilan uchinchi o‘lkalardagi boshqa yuksak ahamiyatga ega joylar haqida hassos ma’lumotlar to‘plaganini aytdi. Shubhalilar shu bilan birga mazkur faoliyatlarga logistik ko‘mak ta’minlash bilan ham ayblanmoqda.
Rasmiylar guruhning, uchinchi o‘lkalarga qarshi qo‘llanilish uchun Turkiya orqali uchuvchisiz havo vositalari kontrabandasi qilgan, Injirlikni nishonga olgan kashf va kuzatuv faoliyatlari yuritganini va to‘plangan razvedkani to‘g‘ridan-to‘g‘ri Inqilob Posbonlaridagi rasmiylarga yetkazganini aytdi.
Qo‘lga olishlar, Istanbul, Van, Samsun, Yalova va Anqarada ayni vaqtda uyushtirilgan bosqinlarda amalga oshirildi.
Rasmiylar, shubhalilarning viloyat xavfsizlik mudirliklaridagi jarayonlardan keyin mahkamaga yuborilganini va siyosiy va harbiy josuslik ayblovlari bilan hibsga olinib qamoqxonaga jo‘natilganini bildirdi.






















