G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Yahudiy ko‘chmanchilar falastinliklarga qarshi yana hujum uyushtirdi
Yahudiy ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohilda falastinliklarga qarshi yana hujum uyushtirdi.
Yahudiy ko‘chmanchilar falastinliklarga qarshi yana hujum uyushtirdi
_
12 соат олдин

Mahalliy rasmiylarga kora isroillik noqonuniy ko‘chmanchilar tomonidan shanba kuni (14.03.2026) ishg‘ol ostidagi Garbiy Sohildagi bir qishloqqa qarshi uyushtirilgan hujumda falastinlik besh kishi halok bo‘lgan.

Falastinning axborot agentligi WAFA tarqatgan xabarga ko‘ra hujum, Baytulloh sharqidagi Kisan qishlogi yaqinida joylashgan Rashayda hududida sodir bo'lgan. Ko‘chmanchilar, qishloq aholisiga qarshi haqiqiy o‘qlar orqali hujum qilgan.

Mintaqa meri Musa Abayatning aytishicha falastinlik ikki kishi oqdan olgan jarohat yuzasidan shifoxonaga yotqizilgan, uch kishi esa kesuvchi asboblar orqali kaltaklanib, tosh bilan urilgan. Oqibatida tan jarohati olganlar.

Abayat shuningdek, ko‘chmanchilar 100 ta qo‘y o‘g‘irlaganini ifoda etgan holda mintaqada Falastin tuproqlariga qarshi uyushtirgan hujumlarini keskin qoraladi.

U shuningdek, Isroil kuchlari voqea ortidan mintaqaga kelgani va tan jarohati olgan falastinliklarning ba’zilarini nazorat ostiga olganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Bu hodisa ishg‘ol ostidagi Garbiy Sohilda ko‘chmanchi zoravonligi kuchayayotgan bir paytda yuz berdi. Falastinlik rasmiylar bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga kora mart oyining boshidan beri ko‘chmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda falastinlik kamida besh kishi halok bo‘ldi.

Falastin Sogliqni saqlash vazirligi ma’lumotiga kora urush boshlanganidan beri Garbiy Sohilda Isroil kuchlari yoki ko‘chmanchilari tomonidan falastinlik kamida 1 ming 45 kishi oldirilgan.