“Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi (TIV) Gretsiyada 19 - may kuni o‘tkazilgan ayrim tadbirlar va bildirilgan bayonotlar haqida yozma bayonot berdi.
Bayonotda quyidagi ifodalarga o‘rin berildi:
‘Turkiya Respublikasining asoschisi Ulug‘ yo‘lboshchi Mustafa Kemal Ataturk Samsunga chiqib, Gretsiya ham doxil bosqinchi kuchlarga qarshi milliy kurashni boshlagan sana — 1919 - yilning 19 - mayi kuni turk xalqi tomonidan “Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami” doirasida katta shodiyona bilan nishonlandi.
Gretsiya 1994 - yili “Pontus” da’vosiga oid milliy darajadagi qonunchilikni qabul qilib, mamlakatimizga qarshi haqiqatga asoslanmagan iddaolarni ilgari surmoqda, bu asossiz iddaolarni muntazam ravishda kengaytirmoqda hamda Ta’lim vazirligi sirkulyari orqali ularni mamlakat bo‘ylab boshlang‘ich va o‘rta maktablarda bolalarga dars sifatida o‘qitmoqda.
“Megali Idea” orzusini amalga oshirish uchun boshlagan bosqinchilik urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan Gretsiya mamlakatimizga qarshi asossiz “Pontus” da’vosini kun tartibiga olib chiqib, boshidan kechirgan mag‘lubiyat va sodir etgan og‘ir vahshiylik jinoyatlarining ustini yopishga urinmoqda. Grek armiyasi qo‘l urgan urush jinoyatlari va zulmlari ittifoqchi davlatlar tergov komissiyasi hisobotlari hamda Lozanna tinchlik shartnomasining 59 - moddasida qayd etilgan.
Grek rasmiylari siyosiy tashvishlar sabab tarixni suiiste’mol qilishdan voz kechishi va 1821-yildagi Tripolitsa qirg‘inidan boshlab turklar hamda boshqa etnik guruhlarga qarshi sodir etilgan vahshiylik jinoyatlarini, shuningdek, 1919 - yilning 15 - mayidagi Izmirni bosib olish urinishidan keyin G‘arbiy Anado‘luda turklar va boshqa etnik guruhlarga qarshi olib borilgan zulmni ham eslashi kerak.
Gretsiyani tarixni buzib ko‘rsatib adovat chiqarish o‘rniga, ikki tomonlama munosabatlarimizni tinchlik va hamkorlik asosida rivojlantiradigan yondashuvni namoyon etishga chaqiramiz’ - degan ifodalarga o‘rin berildi.



















