SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Belgiya, Malta, Andora, Monako va Lyuksemburg Falastin davlatini tan oldi
Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada va boshqa davlatlar muammoni ikki davlat asosida hal qilish yo‘llarini qo‘llab - quvvatlash masalasiga iliq qaray boshlar ekan Falastin davlatini tan olgan davlatlar soni ham ko‘payib bormoqda.
Belgiya, Malta, Andora, Monako va Lyuksemburg Falastin davlatini tan oldi
Belgiya, Malta, Andora, Monako va Lyuksemburg Falastin davlatini tan oldi.
23 сентябр 2025

Belgiya, Malta, Andora, Monako va Lyuksemburg Nyu - Yorkda uyushtirilgan xalqaro konferensiyada Falastin davlatini rasmiy ravishda tan olgan davlatlar qatoridan o‘rin oldi. Uchta davlat lideri BMT Bosh assambleyasidan bir kun oldin uyushtirilgan Falastin va muammoni ikki davlat asosida hal qilish borasidagi yig‘ilish paytida muhim bayonotlar berdi.

Ushbu qadam hay’atlar tomonidan olqishlanib, Falastin davlatining xalqaro miqyosda tan olinishi uchun muhim turtki sifatida baholandi.

Malta Bosh vaziri mavzu haqida: «Bu tan olish bizning tinchlik va adolatga bo‘lgan qat’iy ishonchimiz, shuningdek, Falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini aks ettiradi», - dedi

Lyuksemburg Bosh vaziri bu qarorni «tarixiy qaror» deb baholadi. Belgiya esa bu qadamni uzoq yillardan beri ikki davlatli yechimni qo‘llab - quvvatlash siyosatiga mos kelishini ta’kidladi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham ushbu yig‘ilishda Falastin davlatini tan olganini e’lon qildi va mavzu haqida va «Bugun Fransiyani Falastin davlatini tan olganini e’lon qilmoqchiman», - dedi va buning «Isroilning tinchlik ichida yashashini ta’minlovchi yagona yechim», - ekanini qayd etdi.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror G‘azodagi genotsid davom etayotgan bir paytda juda zarur edi. U shuningdek: «Endi urush, G‘azodagi bombardimon, qatliom va insonlarni ko‘chib ketishga majbur qilgan vaziyatni to‘xtatish vaqti keldi. Hech narsa G‘azoda davom etgan urushni oqlay olmaydi», - dedi.

Falastinni tan olgan davlatlar sonining o‘sishi

Makron yaqinda Falastin davlatini tan olgan Andora, Avstraliya, Kanada, Monako, Portugaliya, Buyuk Britaniya va San - Marino kabi davlatlarga minnatdorchilik bildirdi. U tan olish samarali va foydali muzokaralarga yo‘l ochishini o‘z so‘ziga ilova etdi. Makron shuningdek, arab va musulmon davlatlarini Falastin davlati tashkil etilgach, Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga chaqirdi.

Makron Fransiya G‘azodagi mahbuslar ozod etilib, otashkesim yo‘lga qo‘yilganidan keyin Falastinda elchixona ochishi mumkinligi va Parij xalqaro barqarorlik missiyasiga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirdi.

Fransiya bilan Saudiya Arabistoni tomonidan boshqarilgan ushbu konferensiya joriy yilning iyul oyida o‘tkazilgan shunga o‘xshash yig‘ilishning davomidir. AQSh bilan Isroil esa bu yig‘ilishda ishtirok etmadi.