TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Gruziya hududida halokatga uchragan samolyot qoldiqlari Turkiyaga olib kelindi
Ozarbayjon-Gruziya chegara hududida Turkiya Havo Kuchlarining C-130 samolyoti quladi, natijada samolyotda bo'lgan 20 nafar xodim halok bo'ldi.
Gruziya hududida halokatga uchragan samolyot qoldiqlari Turkiyaga olib kelindi
Qulagan samolyotning qora qutisi tahlili boshlandi.
19 ноябр 2025

Ozarbayjon–Gruziya chegarasi yaqinida qulagan C-130 harbiy yuk samolyotining ko'p qismi Turkiyaga olib kelindi.

O'tgan hafta hodisa sodir bo'lgan zahoti tashkil etilgan va joyga yuborilgan «halokatni tergov qilish guruhi» o'z ishini davom ettirmoqda. Hududda batafsil tekshiruvlar o'tkazilgach, samolyot qoldiqlari ehtiyotkorlik bilan yuk mashinalariga yuklandi. C-130 samolyotining buzilgan aksariyati endi Turkiyaga olib ketilgan.

Qoldiqlar Markaziy Anatoliyadagi Kayseri viloyatidagi 2‑Havo Ta'mirlash Fabrikasi Direktorligida tekshiriladi. Ushbu korxona Mudofaa vazirligining Harbiy fabrikalar boshqarmasi tizimida faoliyat yuritadi.

Shu bilan birga, samolyotning qora qutisini tahlil qilish boshlandi. Hodisaning sabablariga oid ma'lumotlar joydagi tekshiruvlar va qora quti ma'lumotlarini dekodlash yakunlangach aniqroq bo'lishi kutilmoqda. Halokatni tergov qilish guruhi haftaning oxirigacha voqea joyida ishlashni davom ettiradi.

Turkiya Qurolli Kuchlariga tegishli C-130 samolyoti 11 noyabrda Ozarbayjon–Gruziya chegarasi yaqinida qulab, samolyotdagi barcha 20 nafar shaxs halok bo'ldi.

Mudofaa vaziri Yashar Guler dushanba kuni Prezident Rejep Tayyip Erdo'g'an raisligida o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi so‘ngida jurnalistlarga bergan ma'lumotida uchish jarayonini tekshirish va dastlabki xulosalarni olish kamida ikki oyga yaqin vaqtni olishini aytdi.

«Dastlabki topilmolarga ko'ra, aniq emas, lekin dum qismi avval uzilib ketadi. So'ngra u uch qismga bo'linadi. Bular qora quti orqali aniq bo'ladi», — dedi vazir, shuningdek qora quti hozir Turkiya Aerokosmik Sanoati (TUSAS) tomonidan tekshirilayotganini qo'shib o'tdi.