Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Dengiz kuchlari xodimlari Senegal hududida qidiruv va qutqaruv sohasida ta’lim berish maqsadida maxsus uchishlarni amalga oshirmoqda.
Seshanba kuni vazirlik tomonidan turk ijtimoiy tarmog‘i NSosyal orqali e’lon qilingan bayonotda, Dengiz kuchlari xodimlari Senegalning qidiruv va qutqaruv sohasidagi salohiyatini oshirish hamda bu yo‘nalishda qo‘llab - quvvatlash ko‘rsatish uchun faoliyat olib borayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, vazirlik ushbu jarayon doirasida o‘quv uchishlari Senegal havo hududi hamda dengiz yurisdiksiyasi doirasida amalga oshirilayotganini bildirdi. Hamkorlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash maqsadida 2026 - yilning 12 - marti kuni senegallik uchuvchilar ishtirokida razvedka, kuzatuv va dengiz nazoratini qo‘llab - quvvatlashga qaratilgan qo‘shma uchishlar o‘tkazilgani qayd etildi.










