DUNYO
1 daqiqa o'qish
Hormuz bo'g'ozida dushman kemalari harakati cheklanadi
Eron parlamenti Hormuz bo'g'ozida "dushman" kemalari harakatini cheklashga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlamoqda.
Hormuz bo'g'ozida dushman kemalari harakati cheklanadi
Qonun loyihasiga koʻra, "dushman" mamlakatlarga tegishli harbiy va tijorat kemalarining Eron roziligisiz Koʻrfazga kirishiga ruxsat berilmaydi. / Reuters Archive

Eron parlamenti Hormuz bo'g'ozi bo'yicha keskin chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan yangi qonun loyihasini tayyorlamoqda.

Parlamentning Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo'mitasi raisi Ibrahim Azizining ma'lum qilishicha, mazkur hujjat Tehron "dushman" deb hisoblaydigan davlatlardan keladigan harbiy va tijorat kemalarining Eron ruxsatisiz ko'rfazga kirishini taqiqlashni nazarda tutadi.

Davlat boshqaruvidagi IRNA axborot agentligining xabar berishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasi neft sanoatini milliylashtirish davridan beri Eron tarixidagi eng muhim va ilg'or qonunlardan biri bo'ladi. Uning asosiy maqsadi — Hormuz bo'g'ozida Eronning vakolatlari va nazoratini yanada mustahkamlashdan iborat.

Eslatib o'tamiz, 9-avgust kuni qo'mita matbuot kotibi Hassan Ghashghavi qo'mita mazkur qonun loyihasini ma'qullaganini ma'lum qilgan edi.

Mintaqadagi vaziyat esa hamon tarangligicha qolmoqda.

Fevral oxirida boshlangan AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushidan buyon Tehron va Vashington to'qnashuvni yakunlash uchun hali yakuniy kelishuvga erishgani yo'q. Ayni paytda Hormuz bo'g'ozining yopilishi global energetika ta'minot zanjirlariga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda.