TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdog‘an: Turkiya o‘z chegaralaridan tashqaridagi tahdidlarni manbasida yo‘q qilmoqda
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g‘an chegara ortida tashlangan xavfsizlik qadamlari, Suriya shimolining integratsiyalashuvidagi siljishlar va Turkiyaning mudofaa salohiyati rivojlanishiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Erdog‘an: Turkiya o‘z chegaralaridan tashqaridagi tahdidlarni manbasida yo‘q qilmoqda
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog'an 2026-yil 19-fevralda Anqara, Turkiyadagi Chankaya saroyida iftor dasturida shahidlar oilalari bilan uchrashdi. / AA

Prezident Rejep Tayyip Erdo’g‘an payshanba kuni Turkiya o‘z xavfsizligi uchun chegaralaridan tashqarida ham barcha zarur choralarni ko‘rayotganini, tahdidlarni manbasida bartaraf etayotganini va buning uchun hech kimdan ruxsat so‘ramasligini ma’lum qildi. Erdo’g‘an poytaxt Anqaradagi Chankaya ko‘shkida shahid oilalari uchun tashkil etilgan iftorlik dasturida so‘zga chiqib, "terrorizmdan xoli Turkiya" yo‘lidagi sa’y-harakatlarda katta natijalarga erishilganini bildirdi.

Prezident: "Bugungi kunda Turkiya o‘z xavfsizligini ta’minlash maqsadida nafaqat mamlakat ichkarisida, balki chegaralaridan tashqarida ham har qanday choralarni ko‘rmoqda. Qayerda biror tahdid yoki xavf mavjud bo‘lsa, hech kimdan ruxsat kutmasdan uni o‘z manbasidayoq yo‘q qilmoqdamiz", – dedi. Shuningdek, Erdo’g‘an: "Terrorizmdan xoli Turkiya yo‘nalishidagi ishlarda sezilarli masofa bosib o‘tildi. Mamlakatimiz ichida va tashqarisidagi xavfsizlikka oid tahdidlar sezilarli darajada kamaydi", – deb qo‘shimcha qildi.

Erdo’g‘an mudofaa sanoati sohasida mamlakat ilgari qariyb 80 foizga xorijga qaram bo‘lgani, bugungi kunda esa mahalliylashtirish darajasi taxminan 80 foizga yetkazilganini ta’kidladi. "Bugun uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA), raketalar, kemalar, vertolyotlar va tanklar kabi deyarli barcha sohalarda o‘z ehtiyojlarimizni o‘zimiz qoplamoqdamiz. Inshoolloh, ertaga navbat qiruvchi samolyotlar va aviatsiyatashuvchi kemalarga keladi", – dedi u.

Qo‘shni Suriyadagi ijobiy o‘zgarishlarga to‘xtalar ekan, Prezident shunday dedi: "O‘tgan oyda Suriya shimolidagi muammoni qon to‘kilmasdan hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. To‘liq integratsiyalashuv sari jarayon boshlandi".

 

Boxabar bo'ling!
Pokiston armiyasi Saudiya Arabistonida qo‘shinlari joylashtirilganini tasdiqladi
Erdo‘g‘an Putin bilan Qora dengiz xavfsizligi va Ukraina masalasini muhokama qildi
Prezident Erdo‘g‘an Istanbulning ishg‘oldan ozod etilganining 103 yilligini nishonladi
Turkiyadan Isroilning Suriyadagi hududiy buzilishlariga keskin munosabat
ASELSAN gibrid havo mudofaa tizimlari bo'yicha 2,75 milliard dollarlik shartnoma imzoladi
77-Xalqaro kosmik kongress Antaliyada boshlandi
Kosmik hamkorlik bo'yicha Antaliya deklaratsiyasi 21 davlat tomonidan qabul qilindi
Erdo'g'an: Turkiya mudofaa sanoatida "katta inqilob" qilmoqda
Prezident Erdo‘g‘andan Turk davlatlari hamkorlik kuni munosabati bilan tabrik
Trump Turkiyaga nisbatan CAATSA sanksiyalarini bekor qilishga ijobiy qaradi
Guler: “Kavkaz xavfsizligi uch mamlakat xavfsizligi bilan chambarchas bog‘liq”
Guler Ozarbayjon va Gruziya mudofaa vazirlari bilan uchrashdi
Aviatsiya, kosmos va texnologiya festivali (TEKNOFEST) Shanliurfa GAP aeroportida davom etmoqda
AQSH Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kema yuborishi bildirildi
Turkiya husiylarning Madinadagi fuqarolik infratuzilmasiga hujumini keskin qoraladi
Erdo‘g‘an: “Terrorsiz Turkiya” sa’y-harakatlari raqiblarimizga tiyib turuvchi ta’sir ko‘rsatdi
Aivo Orav: Turkiya va Yevropa Ittifoqi bir-biriga muhtoj
Turkiya Milliy razvedka tashkiloti Reyhanlidagi terakt javobgarini qo‘lga oldi
TEKNOFEST Janubi-sharqda ikkinchi kun hayajoni
Milliy xavfsizlik kengashi Prezident Erdo‘g‘an raisligida yig‘ildi.