DUNYO
1 daqiqa o'qish
Shahar hokimiyati: Futbol maydoniga uyushtirilgan qurolli hujumda 11 kishi halok bo‘ldi
Rasmiylar Salamankadagi futbol maydonida o‘tkazilgan yig‘ilish paytida sodir bo‘lgan qurolli hujumda ko‘plab kishilar hayotdan ko‘z yumgani va jarohatlanganini bildirdi.
Shahar hokimiyati: Futbol maydoniga uyushtirilgan qurolli hujumda 11 kishi halok bo‘ldi
Markaziy Meksikada futbol maydonida qurolli hujumda 11 kishi halok bo'ldi. / AFP

Mahalliy rasmiylarning ma’lumotiga ko‘ra, yakshanba kuni Meksika markazidagi Gvanaxuato shtatida futbol maydoniga uyushtirilgan qurolli hujum natijasida kamida 11 kishi o‘ldi, 12 kishi yaralandi. Hujum Salamanka shaharchasidagi mahallalardan birida sodir bo‘lgan;   Shahar Hokimiyati tomonidan berilgan bayonotda rasmiylar hujum aybdorlarini topish uchun operatsiya boshlagani qayd etildi.

Bayonotda shunday deyilgan: "11 kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi; ulardan 10 nafari voqea joyida, bir nafari esa shifoxonada davolanish vaqtida vafot etdi. Shuningdek, 12 kishi o‘qdan yaralangan va hozirda davolanmoqda". Aynan shu shaharchada shanba oqshomida ichida jasad bo‘laklari bo‘lgan to‘rtta sumka ham topilgan edi.

Gvanaxuato shtati jonli sanoat markazi va bir necha mashhur turistik maskanlarga mezbonlik qilishiga qaramay, rasmiy qotillik statistikalariga ko‘ra, to‘da to‘qnashuvlari sababli mamlakatning eng xavfli shtati bo‘lib qolmoqda. Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum yil boshida o‘z ma’muriyatining milliy xavfsizlik strategiyasi tufayli 2025-yilda Meksikadagi qotillik darajasi so‘nggi o‘n yillikning eng past darajasiga tushganini ta’kidlagan edi.