SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Mo‘hsin Naqvi Tehronda Abbos Aroqchi bilan uchrashdi
Mo‘hsin Naqvi AQSH - Eron urushini to‘xtatishni ko‘zlagan takliflarni muhokama qilish uchun yana bir bor Abbos Aroqhchi bilan uchrashdi.
Mo‘hsin Naqvi Tehronda Abbos Aroqchi bilan uchrashdi
_

Eron OAVlari juma kuni xabar berishicha Pokiston Tashqi Ishlar vaziri Mohsin Naqvi, AQSH va Eron ortasidagi urushni yakunlashga qaratilgan takliflarni muhokama qilish uchun Abbos Aroqhchi bilan yana bir bor uchrashdi.

Tasnim axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv Tehron va Vashington o‘rtasida davom etayotgan bilvosita aloqalar doirasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga qaratilgan.

Payshanba oqshomida Eronning yarim rasmiy ISNA axborot agentligi Eron bilan AQSH o‘rtasidagi xabar almashinuvi Pokiston o‘rtamchiligida davom etayotgani, tomonlar asosiy kelishuvga erishishga urinayotgani ammo ayrim kelishmovchiliklar haligacha davom etayotganini ma’lum qildi.

ISNA xabariga ko‘ra, shu hafta ikkinchi marta Tehronga borgan Naqvi, AQSH tomoni yuborgan xabarni eronlik rasmiylarga yetkazgan.

ISNA keltirgan pokistonlik manbalarga ko‘ra, agar tomonlar taklif etilgan asosiy kelishuvni yakunlasa, Asim Munir ham Eronga tashrif uyushtiradi.

Avvalroq Anadolu axborot agentligi (AA) xabar qilgan 14 moddadan iborat Eron taklifiga ko‘ra Tehron o‘t ochishni butunlay to‘xtatish rejimi o‘rnatilishi ortidan 30 kun ichida boyitilgan uran masalasini ham o‘z ichiga olgan yadroviy dastur bo‘yicha alohida muzokaralar o‘tkazilishini talab qilmoqda.

Vashington esa yadro masalasi har qanday doimiy sulh bitimidan oldin “muzokara qilinib, hal etilishi” kerakligini ta’kidlamoqda.

AQSH bilan Isroil, fevral oyida Eronga qarshi hujum uyushtirishni boshlagan edi. Tehron esa unga javob tariqasida raketa va insonsiz havo transportlari orqali AQShning harbiy o‘rni bor Isroil, Iroq, Iordaniya va Ko‘rfaz davlatlarini nishonga olgan hujumlar uyushtirdi.

Pokiston o‘rtamchiligida 8 - aprel kuni sulh kuchga kirgan bolsa - da, Islomoboddagi muzokaralar doimiy kelishuvga olib kelmadi. Keyinchalik AQSH Prezidenti Donald Tramp sulh muddatini cheklanmagan tarzda uzaytirdi biroq strategik Hormuz bo‘g‘ozi orqali Eron portlariga kiruvchi yoki u yerdan chiquvchi kemalarga nisbatan blokadani saqlab qoldi.