Anado‘lu axborot agentligi xabariga ko‘ra Suriyaning Firot daryosining sharqida joylashgan Dayr az - Zor viloyatidagi qabila kuchlari yirik neft va tabiiy gaz konlari joylashgan hududni YPG terror tashkilotidan ozod qildi.
Yakshanba kuni (17.01.2026) Dayr az - Zordagi Anado‘lu axborot agentligi muxbirlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra daryoning g‘arbiy tomonidan kelgan qo‘shimcha kuchlar bilan qo‘llab - quvvatlangan va Firotning sharqida faoliyat yuritayotgan qabila guruhlari al - O‘mar neft koni hamda Koniko tabiiy gaz koni ustidan nazoratni qo‘lga oldi.
AQSh kuchlari, ilgari harbiy baza sifatida foydalangan ushbu hududlardan chiqib ketishi ortidan mintaqa xavfli hududga aylangan edi. Mahalliy manbalarga ko‘ra qabila kuchlari Firotning sharqida terror tashkilotiga qarshi oldinga siljishni davom ettirar ekan, Shehel, al - Havayij, Ziban, Tayyane, Abu Hamam, Hatla, Granij, Bag‘uz, Susa va Sho‘fa kabi ko‘plab shahar va qishloqlarni ham nazorat ostiga oldi.















