MADANIYAT
1 daqiqa o'qish
Turkiya AQShda bo‘lgan marmar bosh haykalini qaytarib oldi
Turkiya anchadan beri Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lgan va V asrga oid deb hisoblangan marmar bosh haykalini qaytarib oldi.
Turkiya AQShda bo‘lgan marmar bosh haykalini qaytarib oldi
_
4 соат олдин

Madaniyat va turizm vazirligi qadimiy Smirna shahridan topilgan va anchadan beri Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lgan marmar bosh haykalining Turkiyaga qaytarilganini ma’lum qildi.

Mehmet Nuri Erso‘y seshanba kuni (14.04.2026) mahalliy NSosyal ijtimoiy tarmoq orqali e’lon qilingan bayonotida, ilgari Denver san’at muzeyi kolleksiyasida o‘rin olgan ushbu asar kelib chiqishi ilmiy jihatidan tasdiqlangani va ortidan mamlakatga qaytarilganini ifoda etdi.

Erso‘yning ta’kidlashicha 1934 - yilga oid hisobotlar va mutaxassislarning tahlillari ushbu buyum Smirna qadimiy shahri Agora qazilmalaridan topilgani hamda Theodosius davriga mansub ekanini tasdiqlagan.

Miloddan keyingi V asrga oid deb hisoblangan asar, noqonuniy yo‘llar bilan chet elga olib ketilgan.

Erso‘y: «Denver san’at muzeyi bilan olib borilgan hamkorlik va konstruktiv muloqot tufayli bu asarni yana o‘z yurtiga qaytardik» - dedi.

U marmar bosh hozirda Izmir arxeologiya muzeyida namoyish etilayotganini bildirib, Madaniy boyliklar va muzeylar yetakchiligi jamoasiga va jarayonga hissa qo‘shgan boshqa mutasaddilarga minnatdorchilik bildirdi.

Nuri Erso‘y o‘z bayonotida: «Madaniy merosimizni qat’iyat bilan himoya qilishda davom etamiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.