TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Hakan Fidan bilan Tom Barrack Suriya - YPG masalasini gaplashdi
Hakan Fidan, bugun, Turkiyadagi AQSh elchisi va Suriya bo‘yicha maxsus vakil Tom Barrackni qabul qildi.
Hakan Fidan bilan Tom Barrack Suriya - YPG masalasini gaplashdi
_
20 январ 2026

Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan seshanba kuni (20.01.2026) Turkiyadagi AQSh elchisi va ayni paytda Suriya bo‘yicha maxsus vakil Tom Barrackni qabul qildi.

Uchrashuvga oid surat Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan markazi AQShda joylashgan X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi ammo postda uchrashuv mazmuniga doir boshqa tafsilotlar berilmadi.

Barrack ham ushbu postni iqtibos qilib, “Bugun Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bilan muzokaralarimizni davom ettiryapmiz”, - deb yozib qoldirdi.

AQSh yakshanba kuni Suriya hukumati bilan YPG o‘rtasida erishilgan yangi o‘t ochishni to‘xtatish va integratsiya kelishuvi mamnuniyat bilan qarshi olinganini ma’lum qilgandi. Barrack X tarmog‘ida qoldirgan postda: “Bu kelishuv va sulh muhim burilish nuqtasidan daloalt bermoqda”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Barrack Suriya Prezidenti Ahmad al - Shara kurdlar Suriyaning ajralmas bir qismi ekanini tasdiqlaganini qayd etgan holda: “AQSh, DEAShga qarshi kurashdagi tarixiy hamkorimizning muammosiz integratsiyasini intizorlik bilan kutmoqda”, - dedi.

Suriya lideri: “Keng ko‘lamli integratsiya kelishuvining tafsilotlarini yakuniy holga keltirish bo‘yicha murakkab ishlar endi boshlanmoqda va AQSh bu jarayonning har bir bosqichini qat’iy qo‘llab - quvvatlamoqda”, - deya ta’kidladi.

Ahmad al - Shara yakshanba kuni Suriya hukumati bilan YPG o‘rtasida mamlakatning shimoli - sharqida davlat hokimiyatini qayta tiklashni maqsad qilgan keng ko‘lamli sulh va to‘liq integratsiya kelishuvi e’lon qilinganini bildirdi.

Suriya Arab axborot agentligi (SANA) xabariga ko‘ra e’lon qilingan kelishuv shartlari hukumat kuchlari bilan YPG o‘rtasida barcha jabhalar va aloqa chiziqlari bo‘ylab darhol va to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutadi.

Kelishuv YPGga bo‘ysunuvchi barcha harbiy bo‘linmalarning qayta joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Firot daryosining sharqidagi hududlarga chekinishi bilan bir vaqtda kuchga kirishi rejalashtirilgan.