O‘zbekiston Eronning ayrim diplomatik vakolatxonalari Samarqanddagi tarixiy inshootlar «Eron - islom sivilizatsiyasi»ning bir qismi ekani haqidagi postlari sababli Eronning Toshkentdagi elchisi Muhammad Ali Iskandariyni Tashqi Ishlar vazirligiga chaqirib, Tehron ma’muriyatiga norozilik notasini topshirdi.
O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra mazkur postlar Samarqandning tarixiy va madaniy merosini «bir tomonlama va siyosiy maqsadlarda talqin qilish» sifatida baholangan.
Diplomatik vakolatxonalar tarixiy va madaniy masalalarni siyosiylashtirmasligi kerakligi ta’kidlanib, Eron tomonidan tegishli postlarni o‘chirish so‘ralgan.
Eronning Armaniston va Zimbabvedagi elchixonalari ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida o‘tgan hafta Samarqandga tashrif buyurgan AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va uning delegatsiyasi aks etgan videoni e’lon qilgan edi. Postlarda shahardagi tarixiy inshootlar arkalari «Eron - islom sivilizatsiyasining o‘ziga xos belgisi» - ekani ta’kidlangan.























