Bugun (29.09.2025) Varshava Xavfsizlik forumida nutq so‘zlagan Ukraina Prezidenti Zelenskiy, Ukraina Yevropa ittifoqi tarkibiga kirishi kerakligi va bu borada har qanday qadamlar tashlanganini qayd etdi.
«Ukraina Yevropa ittifoqi tarkibiga kirishi kerak va kiradi ham», - degan Zelenskiy, Kiyev zimmasiga tushgan har qanday majburiyatlarini bajarganini ta’kidladi.
Zelenskiy: «Kerakli har qanday chora ko‘rilmoqda va Ukrainaning ishtiroki hech qaysi davlatning milliy siyosati tufayli kechikmasligi muhim. Rossiyaga bog‘liq bo‘lib qolmasligimiz zarur», - dedi.
Ukraina 2022 - yilning fevral oyida Rossiya bilan urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan edi. 2023 - yilning dekabr oyida esa Yevropa kengashi Ukrainani a’zolik muzokaralarini boshlatish haqida qaror qabul qildi.
2024 - yilning iyun oyida Yevropa komissiyasi Ukraina va Moldovadagi islohotlarni ijobiy baholadi va Bryussel a’zolik muzokaralari uchun asosiy doirani tasdiqladi.
Ammo Vengriya bilan Slovakiya bu jarayonni to‘xtatib, rus energiyasini yetkazib beruvchi Drujba neft quvir liniyasini nishonga olgan hujumlar to‘xtatilishi kabi shartlar qo‘ydi.
Keyinchalik Litva Budapeshtning e’tirozlarini chetlab o‘tuvchi alohida muzokara rejasini taklif qildi.






